TIL – MIILLAT KO’ZGUSI.

TIL – MIILLAT KO’ZGUSI.

Til insonning yuksak madaniyatini, chuqur bilimini, hissiyotini namoyish qiluvchi vositadir. Shuning uchun til qoidalarini mukammal bilish va unga amal qilish juda muhim hisoblanadi. Xalqimiz qadim-qadimdan tarbiyaga, ilm-u hunarga, ayniqsa, muomala madaniyatiga alohida e’tibor berib keladi. Ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Xalqimizda ona tilimiz bilan bog’liq juda ko’p naqllar, maqollar, hikmatli so’zlar bor. Deyarli barchasidan bir umumiy xulosa chiqarish mumkin. Buni muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi so’zlaridan ham anglash mumkin: “Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo’lgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qo’llab-quvvatlaymiz. Men bugun aziz bolalarimizga murojaat qilib, ulug’ alloma, XX asr boshida olti tilli – o’zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug’at tuzgan Ishoqxon Ibratning mana bu hikmatli so’zlarini eslatmoqchiman: “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o’z ona tilini ko’zlariga to’tiyo qilib, ehtirom ko’rsatsinlar. Zero, o’z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.

Keyingi paytlarda hukumatimiz tomonidan davlat tiliga bo’lgan e’tibor ancha kuchaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5850-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil20-yanvardagi Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 34-sonli qarori shular jumlasidandir. Bu hujjatlar aynan zaruriyat yuzasidan, kerakli vaqtda va munosib tarzda chiqarildi, deb hisoblayman. Sababi, Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganiga o’ttiz yildan oshgan, Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonun qabul qilinganiga yigirma olti yildan oshgan bo’lsa-da, haligacha bu qonunlar ijrosi to’liq ta’minlangani yo’q. 

Hozirgi kunga kelib, davlat tilining mavqeyini, uning taraqqiyotini inobatga olib aytish mumkinki, buyuk vatandoshimiz - ma’rifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi A. Avloniyning quyidagi hayotiy hikmatga aylangan so’zlari har bir vatanparvar inson uchun dasturilamal bo’lib xizmat qilmog’i lozim: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinai hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdir”. 

Afsus va nadomatlar bo’lsinki, hozirda – ayni mamlakatimiz gullab-yashnab rivojlanayotgan bir davrda, milliyligimiz va qadriyatlarimizni biroz unutib qo’ymoqdamiz. Oddiygina bozorlarimiz yoki maishiy savdo do’konlari, umumiy ovqatlanish majmualaridagi yozuvlarga e’tibor bersangiz, ularning ko’pchiligida boshqa tillardamilliyligimizga nomunosib usullardagi yozuvlarga yoki reklama vositalariga ko’zingiz tushadi. Ba’zan katta-katta korxonalar yoki savdo majmualariga savodsizlarcha, xato yozilgan yozuvlarni ko’rasiz. 

Til millat ruhining ko’zgusidir. Tilda millatning bor-yogi, oy-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuygulari aks etadi. Tildagi har bir soz, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuygusining natijasi bolib, uning yordamida bu tafakkur va tuygular orqali Vatan va xalq tarixi ifodalanadi. 

         Ona tiliga hurmat va uning bebaho soz xazinasidan orinli foydalanish, til vositasida ravshan va ta’sirchan sozlab yoza olish, nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili bolgan har bir shaxsning burchidir.

         Shunday ekan, har birimiz ona tilimiz, eng muhimi, davlat tili bo’lgan o’zbek tilining taqdiriga befarq bo’lmasligimiz, uning sofligi va ta’sirchanligini saqlagan holda hurmat bilan munosabatda bo’lishimiz, uning taraqqiyoti uchun fidoyilik bilan harakat qilmog’imiz lozim.

Zero, muhtaram Yurtboshimiz o’z nutqida ta’kidlaganlaridek: “Har birimiz davlat tiliga bo’lgan e’tiborni mustaqillikka bo’lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim. Bu olijanob harakatni barchamiz o’zimizdan, o’z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak”.



Uchquduq tumani Maktabgacha ta’lim

bo’limi mudiriN.N.Amonova

скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH