"Navoiy vorislari" g'azalxonlik kechasi o'tkazildi.

"Navoiy vorislari" g'azalxonlik kechasi o'tkazildi.

Buyuk shoir va mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim tizimida "Navoiy vorislari" mavzusida g‘azalxonlik kechasi pedagog xodimlar o‘rtasida o‘tkazildi va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy va serqirra adabiy merosi keng targ‘ib etildi.  Ko‘rik tanlov 3 ta shart asosida o‘tkazildi.1-shart Alisher Navoiy g‘azallardan namunalar keltirish; 

2-shartAlisher Navoiyning “Xamsa” asaridan savol-javobda ishtirok etish;

3-shart Alisher Navoiy ijodidan monolog aytish. 

Ko‘rik tanlovda faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni Qiziltepa tuman MTB tasarrufidagi 22-sonli MTT tarbiyachisi Kenjaeva Shaxlo, 2-o‘rinni Konimex tuman MTB tasarrufidagi 11-sonli MTT tarbiyachisi Xalilova Surayyo, 3-o‘rinni Navoiy shahar  MTB tasarrufidagi  30-sonli MTT tarbiyachisi Fayzullaeva Mushtariybonu egalladi.

скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH