Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

2021 yilning 4 avgust sanasida o‘tkazilgan Xalqaro press-klubning "Maktabgacha ta'lim sohasi: zamonaviy yondashuv, innovatsiyalar" nomli sessiyasida Karmana tumanida yashovchi fuqaro Islom Pirmatov tomonidan yo‘llangan savolga
RASMIY MUNOSABAT

       Savol. Navoiy viloyati Karmana tumanidagi bolalar bog‘chasida nevaralarim tarbiyalanadi. Ammmo u yerda sharoitlar yetarli emas. Haddan tashqari issiq, shu sababli ham bolalar borishni istamaydi. Bu borada qanday fikrdasiz?"

      Ushbu savolda Karmana tumanidagi 17-sonli DMTTdagi holat aytib o‘tilgan bo‘lib, ishchi guruhi tomonidan murojaatda keltirilgan sharoitlar o‘rganilganda quyidagilar ma'lum bo‘ldi.
       Ushbu DMTT Karmana tumanining “Malik” MFY hududida joylashgan bo‘lib,180 o‘ringa mo‘ljallangan. 2020 yil investitsiya dasturiga asosan 3 mlrd 61,5 mln so‘m mablag‘ safrlanib, to‘liq kapital rekonstruksiya qilingan. Rekonstruksiya davomida eshik-derazalar to‘liq yangisiga almashtirilgan va akfa romlar o‘rnatilgan. Pol qismi ham yangilangan. Qisman havo sovutgichlar – konditsionerlar bilan ta'minlangan, yumshoq va qattiq mebellar bilan jihozlangan. Tashkilot bugungi kunda ta'mirga muhtoj emas. Joriy yilgi yoz mavsumi, xususan, iyun-iyul oylarida havo harorati kesin isib ketishi va namgarchilikning kamayishi evaziga tashkilot xonalaridagi havo biroz isib ketish holatlari kuzatilgan bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Karmana tuman hokimligiga mahalliy  byudjet hisobidan guruxlarni konditsioner bilan ta'minlashda amaliy  yordam berish bo'yicha taklif kiritildi. 


      Navoiy viloyat MTB
      matbuot xizmati


скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH