Milliy qadriyatlar-ma'naviy tarbiya beshigi

Milliy qadriyatlar-ma'naviy tarbiya beshigi

Joriy yilning 13 avgust kuni Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya vositasidir”mavzusida Respublika onlayn konferensiyasio‘tkaziladi.
        Кonferensiyani Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Idieva Feruza Shavqqidinovna ochib berib, so`zni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Quronovga berdi. 
        Muhammadjon Quronov Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, konsepsiya yaratilish tarixi, konsepsiyaning 4 bosqichdan iboratligini tushuntirib o`tdi.
 Navbatdagi so`zni Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining bosh mutaxasissi Malohat Yunusovnaga berdi. Malohat Yunusovna mahalla, ota-onalar bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi doirasida tadbirlarni amalga oshirishi haqida o`z fikrini bildirdi.
 Shundan so'ng, seminarda Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi doirasida viloyat Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilgan ishlar aks etgan videorolik namoyish etildi.
 Dasturga muvofiq, shuningdek, Navoiy davlat konchilik instituti katta o‘qituvchisi Sunnatov Nurali Bekmurodovich so`zga chiqib, “Zamonaviy multfilm qahramonlarining bolalar ongiga ta'siri” haqida o`z fikrini bildirdi.
        Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bosh mutaxasissi G.Rafiqova so`zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashrifi ijrosi yuzasidan Nurota tuman MTB tasarrufidagi 6-sonli DMTTda ma'naviy va ma'rifiy ishlar yo‘lga qo‘yilgani, maktabgacha ta'lim tashkilotlar milliy qahramonlar, buyuk ajdodlarimiz, qadriyat va an'analarimiz, tarbiyaviy ertaklar asosida suratlar bilan bezatilgani bolalar tushki uyqu vaqtida radiouzel orqali ertak eshitib, alla tinglashi bu tajribani viloyat va respublika miqyosida ommalashtirish to‘g‘risida o'z tavsiyalarini berib o'tdi. Shuningdek, “Milliy qadriyatlar qadrda” mavzusida o‘tkazilgan viloyat seminari xususida ma'lumot berildi.
        Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan ma'naviy va ma'rifiy ishlarni namunaviy yo‘lga qo‘ygan xodimlar “Tashukurnoma” va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar.
 скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH