MUSTАQILLIK BАYRАMIGА BOLАJONLАR UChUN TUHFА

MUSTАQILLIK BАYRАMIGА BOLАJONLАR UChUN TUHFА

Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida Navbahor tumanidagi ikkita mahallada “Аqlvoy” loyihasi doirasida mobil guruhlar faoliyati yo`lga qo`yildi. Gap shundaki, Davlatimiz va hukumatimizning bir qator qarorlariga asosan maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud bo`lmagan hamda qamrov ko`rsatkichlari past bo`lgan hududlarda mobil guruhlarni tashkil etish belgilangan. Navoiy viloyatining Konimex, Navbahor, Xatirchi, Nurota tumanlarining ayrim mahallalari ana shunday hududlar sirasiga kiritilgan bo`lib, o`tgan 2020 yilda Nurota tumanida 6 ta guruhda 96 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan edi.  
Joriy yilning 25 avgust sanasida esa, Navbahor tumanining bir yo`la ikkita mahallasi - "Sovungar” va "Karvon” mahalla fuqarolar yigʼini hududida qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobusida mobil guruhlar faoliyati yo`lga qo`yildi. Tumandagi 5-sonli "Binafsha” maktabgacha taʼlim tashkiloti huzurida "АQLVOY” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu guruhlar faoliyat ko`rsatishi natijasida har bir mahalladan 48 nafardan maktabgacha taʼlim yoshidagi 3-7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi. 
Shu kuni mobil guruhlarning mahallaga tashrifi katta bayramga aylanib ketdi. Mahalla ahli, nuroniylar, ota-onalar tadbirga taklif etilib, guruhda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu avtobuslarda tarbiyalanuvchilar va ularning tarbiyachilari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Tadbirda Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʼi o`rinbosari F.Idieva, Navbahor tumani hokimi L.Oblaqulov, tuman prokurori-2-sektor rahbari I.Babamuradov hamda OАV vakillari ishtirok etishdi. 
Yangi o`quv yili boshlanishi bilan rejadagi barcha mobil guruhlar faoliyati to`liq yo`lga qo`yiladi.

Navoiy viloyati MTB
Аxborot xizmatiскачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH