RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

#RASMIY_MUNOSABAT
      Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 13-sonli MTT direktori Laziza Esonqulovaning turmush o‘rtog’i bilan xodimlar suhbati! Xodima Umirova Tursuntosh opaning aytishicha, Laziza turmush o‘rtog’i orqali pora olib ishchi qabul qilar ekan!” sarlavhasi ostida tarqalgan audioyozuv bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.
      Ushbu audioyozuvda qayd etilgan holatlarga qonuniy baho berish bo‘yicha viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan 2021 yilning 6 sentabr kuni   01-01/4-657-sonli xat Xatirchi tumani IIBga va tuman prokuraturasiga yuborildi.
      Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha shu 13-sonli davlat MTTning direktori v.v.b L.Esonqulovaning o‘zi ham Xatirchi tuman IIBga murojaat qilgan.
       Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilgandan so‘ng, tegishli qaror qabul qilinadi.

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi
 Axborot xizmati

http://navoimtb.uz/
https://t.me/navoiyvmtb
http://fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
https://www.youtube.com/channel/UCH2WW_c8WQ12mduTWvjxddQскачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH