SAYYOR QABULGA MARHAMAT!

SAYYOR QABULGA MARHAMAT!

Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i v.v.b O‘.Tillayev tomonidan viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan 10 sentabr kuni soat 10:00 da boshqarmaning faollar zalida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.   
Ushbu qabulda maktabgacha ta'lim tizimiga oid har qanday taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Izoh: Qo‘shimcha ma'lumotlar olish uchun seshanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining (79) 220-12-81 hamda Navoiy shahar MTBning (79) 220-15-88 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

BIZ SIZNI KUTAMIZ!скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH