Sayyor qabullar muammolar yechimi garovidir

Sayyor qabullar muammolar yechimi garovidir

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasida boshqarma  boshlig‘i v.v.b O‘.Tillayev tomonidan Navoiy shahridagi jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi. Ushbu qabulda maktabgacha ta'lim tizimiga oid taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlar eshitildi va hal etish choralari ko‘rildi. Xususan, fuqaro Aziza Normurodova o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish so‘rab murojaat qildi. U boshqarma boshlig‘iga o‘zi haqida ma'lumot berar ekan, NDPIning jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishini 2018 yilda tamomlaganini, bir qancha tashkilotlarga ish so‘rab murojaat qilganini va ish topishda qiynalayotganini aytdi. Fuqaroga Navoiy shahridagi MTTlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to`g’risida ma'lumot berilib, qisqa muddatda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi. Fuqaro Maftuna Berdiboyeva ham sayyor qabulda o‘z muammosi bilan ishtirok etdi. U maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislikka ega. SamDUni tamomlagan. Bir necha yillar maktabgacha ta'lim tizimida tarbiyachi, metodist lavozimlarida ishlagan va tajribaga ega. Uning murojaati ko‘rib chiqilgach, M.Berdiboeva ham shahardagi MTTlaridan biriga ishgajoylashtiriladigan bo‘ldi.    
Shuningdek, shahardagi maktabgacha ta'lim bo‘limi va MTTlarining rahbar-xodimlari, metodistlar hamda tizimdagi faol pedagoglar va yoshlar ishtirokida yig‘ilish ham o‘tkazildi. Yig‘ilishda 2021 yilning  o‘tgan sakkiz oyi davomida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida maktabgacha ta'lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, bolalarni bog‘chaga qamrovi darajasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, maktabga majburiy tayyorlov guruhlarining faoliyati, pullik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi ishlar ham tanqidiy ko‘rib chiqildi.  Yig‘ilish yakuni bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi. Mazkur yig‘ilishdan so‘ng, Navoiy shahrida maktabgacha ta'lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol pedagoglar va yoshlarga boshqarmaning tashakkurnomalari va kitoblar jamlanmasi topshirildi.
  скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH