"Dadam mening qahramonim"

"Dadam mening qahramonim"

Bugun 25-sentyabr kuni Navoiy shahridagi 26-son davlat MTTda  "Otalar kuni" munosabati bilan  "Dadam mening qahramonim"  mavzusida tadbir bòlib òtdi. Tadbirdan maqsad farzand tarbiyasida otalarning òrni qanchalar muhimligini anglatish, farzandlarining qiziqishlari, his - tuyĝularini kuzatib borish orqali barkamol shaxs bo‘lib kamol topishiga e'tibor qaratishidir.
Tadbirda bolajonlarimiz dadalari bilan birga velosport va turli xildagi bellashuv òyinlarini olib  borishdi.Qiziqarli lahzalarga boy bo‘lgan tadbir bolajonlar yodida bir umr qoladigan bo‘ldi.Viloyatdagi barcha MTTlarni qamrab olgan bu kabi tadbirlar MTT-ota-ona-farzand o‘rtasidagi hamkorlik va munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH