RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Xatrichi tumani 6-MTT zavxozi barchasini fosh qildi" sarlavhasi ostida tarqalgan video bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.
Ushbu videodagi holatlar bo‘yicha viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boshqarmasi hamda Xatirchi tuman  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  bo‘limi va tuman MTB mas'ul xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar natijasida, 6-sonli davlat MTTning omborxonasida saqlanayotgan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining sifati qisman buzilganligi va yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi va o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun 6-sonli davlat MTTning direktori X.Eshquvvatovaga nisbatan ish beruvchining tegishli buyrug‘i bilan o‘rtacha oylik ish haqqining 20% miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi va MTTning hamshirasi O.Inoyatova va X.Ermatovalarga esa ish beruvchining buyrug‘i bilan “Hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, ushbu davlat MTTda kelgusida shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olish bo‘yicha boshqarma  tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, holat nazoratga olinganini ma'lum qilamiz.

Navoiy viloyati MTB Matbuot xizmatiскачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH