Imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi

Imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi

Imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha sohalarda bo`lgani kabi maktabgacha taʼlim sohasida ham keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Uning samarasi har bir hududga kirib bordi. Chekka qishloq va ovullarda ham shunday tashkilotlar qad rostlamoqda. Buning natijasida respublikamizda bolalarni MTTlariga qamrab olish darajasi keskin oshib ketdi. Bu, bolajon xalqimizning, davlatimizning yosh avlod taqdiri va kelajagiga boʼlgan eʼtiboridan dalolatdir.
Bundan tashqari, davlatimiz tomonidan mehrga, gʼamxoʼrlikka muhtoj bolalar ham doimiy eʼtiborda boʼlib kelayapti. Ularning hech kimdan kam boʼlmasdan voyaga yetishi, farovon hayotdan bahramand boʼlishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. 
Zero, Davlatimiz Rahbarining “Birorta bola oʼksinmasligi, davlatimiz va jamiyatimizning mehridan chetda qolmasligi kerak. Farzandlarimizga qilgan har bir yaxshiligimiz oʼn yaxshilik boʼlib qaytadi”, degan soʼzlari har birimiz uchun dasturil amaldir.
Shu maqsadda, Navoiy kon-metallurgiya kombinati homiyligi asosida Zarafshon shahrida imkoniyati cheklangan bolalar uchun zamonaviy maxsus maktabgacha taʼlim tashkiloti barpo etildi. Joriy yil 8-oktyabr kuni Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu maskanning foydalanishga topshirish marosimi o`tkazildi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri А.Shin, Navoiy viloyati hokimi o`rinbosari Y. Dushanov, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh muhandis N.Snitka hamda tashkilot-korxonalar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar, tashkilot tarbiyalanuvchilari va ota-onalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 
Tadbirda Zarafshon shahrida bunyodkorlik sohasida koʼplab xayrli ishlarni amalga oshirib kelayotgani, koʼplab ijtimoiy soha obʼektlar qurib berilgani, jumladan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun foydalanishga topshirilayotgan maxsus maktabgacha taʼlim tashkiloti ham xayrli ishlarning mantiqiy davomi ekanligi alohida taʼkidlandi.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun barpo etilgan ushbu zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilish va jihozlash ishlariga qariyb 30 mlrd soʼm mablagʼ sarflandi. Tashkilot maxsus jihozlar, tibbiyot uskunalari bilan taʼminlandi. Mashgʼulotlar belgilangan dastur asosida guruhlar asosida olib boriladi. Uchta blokdan iborat ikki qavatli binoning ikkitasida liftlar oʼrnatilgan. Tashkilot bolajonlarimizning unib-oʼsishi va taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha qulayliklarga ega boʼlib, futbol maydonchasi, basseyn, sunʼiy qoplamali bolalar maydonchasi, yugurish maydonchasi ular ixtiyorida. Аlbatta, 90 oʼringa moʼljallangan mazkur koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti viloyatimizning olis va choʼl hududi boʼlgan Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan begʼubor farzadlarimizni sogʼlom bolalar qatori taʼlim-tarbiya olishlariga hamda ularni tezroq sogʼlom hayot va jamiyatga qoʼshilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashkilotning ochilgan fondiga Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda viloyat hokimligi tomonidan 400 mln. so’m hadya etildi.
Tadbir soʼngida ishtirokchilar tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha 
taʼlim boshqarmasi Matbuot xizmatiскачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH