RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

      Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiy shahar 23-maktabgacha talim muassasasining bolalarga berilayotgan ovqatlarning ahvoli ko‘rsatilgan" sarlavhasi ostida tarqalgan video bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
      Ushbu videodagi holat bo‘yicha joriy yilning 14-15-oktyabr kunlari viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda boshqa vakolatli tashkilotlar mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tartibda dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.
      Aniqlanishicha, mazkur holat Navoiy shahridagi 24-sonli davlat MTTga tegishli bo‘lib, ushbu MTTga ovqatlantirish tizimi autsorsing usulida "Qo‘rg'ondala" MChJ korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
       Hozirda mazkur holatlar bo`yicha to‘liq, asosli va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida vakolatli organlar bilan birgalikda qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
      O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.                                                                                                                    
       Navoiy viloyati MTB matbuot xizmatiскачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH