Yangi MTT foydalanishga topshirildi

Yangi MTT foydalanishga topshirildi

G'ozg'on shahar "Shayxon" mahalla fuqarolari yig'inida yana bir mo'jaz, zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi.
Uning ochilish marosimida ushbu dargoh tarbiyalanuvchilari bo`lgan bolajonlar ishtirokidagi kuy-qo'shiqlar qatnashchilarga o'zgacha zavq bag'ishladi. Shundan so'ng, shahar mas'ullari, nuroniylar hamda Maktabgacha ta'lim vazirligining ishchi guruhi a'zolari binodagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
2 mlrd 761 mln so‘m mablag‘ evaziga qad ko‘targan ushbu ta'lim-tarbiya dargohi 90 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, bino to'liq kommunikatsiya tizimlari bilan ta'minlangan. Ikki qavatli, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan maskan shu kuni g‘ozg‘onlik bolajonlarning shodon kulgulari bilan to‘ldi.
Bolalar bog'chasining ochilish marosimida shahar hokimi qatnashib, aholini ushbu binoning foydalanishga topshirilgani bilan qutladi. Yig’ilganlar lelgusida ushbu maskandan har jihatdan yetuk va barkamol avlod yetishib chiqishini so`rab tilak bildirishdi.
скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH