MUHIM MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

MUHIM MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

Bugun viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasida boshqarma boshlig‘i O‘.Tillayev rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📢Videokonferensaloqa (ZOOM) shaklida  o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqarma bo‘lim boshliqlari, barcha tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari, MTT direktorlari va Navoiy pedagogika kolleji rahbariyati ishtirok etdi.
⁉️Kun tartibida bir qator muhim masalalar muhokama etildi.
📖Xususan, tashkilotlarda ta’lim tarbiya jarayoni va ta'lim sifatini oshirish, Xatirchi va Konimex tumanlarida o'tkazilgan o'rganish natijalari, didaktiv materiallar tarqatilishi va pedagoglarning malaka oshirish rejasi bajarilishi, tashkilotlarning tarbiyalanuvchilari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi (MTBAT)ga kiritilishi, majburiy ta'lim va qisqa muddatli guruhlar faoliyati, ota-onalar to‘lovining to‘lanishi, pullik xizmat, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish masalalari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, obodonlashtirish, bolalarni sog'lom ovqatlantirilishi, oziq-ovqat zaxirasi, sanitariya-gigiyena va karantin qoidalariga rioya qilinishi, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)ga kiritilish, ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.
❗️Yig‘ilish tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilib, uning yakunlari bo‘yicha mehnat faoliyati davomida bir qator xato va kamchiliklarga hamda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim mudirlari va mas’ullariga, shuningdek, bir qator davlat MTT direktorlariga tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi belgilandi. 
🗞Yig‘ilish so‘ngida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.                                                                                             ________________________________                                                                                                                                                                                                              🔍🔍🔍Bizni kuzatib boring:                                                                                                                                                                                                                      http://navoimtb.uz/
https://t.me/navoiyvmtb
http://fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
https://www.youtube.com/channel/UCH2WW_c8WQ12mduTWvjxddQскачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH