RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

✅Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. 

➡️O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat Sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyuldagi 0016-21-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda 30-son bilan ro’yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi  maktabgacha  ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” (SanQvaN)ga asosan MTTda ovqatlanish talab va me’yorlari ishlab chiqilgan.

➡️Ushbu SanQvaNning 6-ilovasiga asosan, 9-10,5 soatlik MTTlarda 1-3 yoshli bolalar uchun bir kunlik me’yor (bir nafar tarbiyalanuvchi uchun) nonushta 250-330 gramm, ikkinchi nonushta 100-130 gramm, tushlik 455-480 gramm, ikkinchi tushlik 200-210 grammni;
➡️shuningdek,  4-7 yoshli bolalar uchun bir kunlik me’yor (bir nafar tarbiyalanuvchi uchun) nonushta 330-400 gramm, ikkinchi nonushta 130-150 gramm, tushlik 530-570 gramm, ikkinchi tushlik 210-225 grammda porsiya miqdorini tashkil qiladi.   

➡️Bugungi kunda viloyatdagi barcha davlat MTT tarbiyalanuchilariga  ushbu yangi SanQvaNning normalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari berilib kelinmoqda va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan doimiy nazоrаtga olingan.

✅Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga berialyotgan oziq-ovqatlar sifati va miqdoriga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati                                                       ___________________________                                                                                                                                                                                                              🔍🔍🔍Bizni kuzatib boring:                                                                                                                                                                                                                      http://navoimtb.uz/
https://t.me/navoiyvmtb
http://fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
https://www.youtube.com/channel/UCH2WW_c8WQ12mduTWvjxddQскачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH