Orzulari olam bolajon

Orzulari olam bolajon

Joriy yilning 3-dekabr kuni Navoiy shaharidagi 16-sonli “Qoʻngʻiroqcha” ixtisoslashtirilgan ko`p tarmoqli maktabgacha taʼlim tashkilotida 3-dekabr-“Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni”ga bagʻishlangan “Orzulari olam bolajon” deb nomlangan xayriya marafoni va ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Xayriya marafonida viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi O`.Tillayev, viloyat hokimligi mas'ul xodimlari ishtirok etib, bolajonlarga kitoblar va sovgʻalar ulashishdi. Tadbirda bolajonlar qoʻshiqlar kuylashib, raqslarga tushishdi.
Shunigdek, Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari ham tadbirga tashrif buyurib, bolajonlarni xushnud etishdi. скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH