Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinadi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinadi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinadi
Xabaringiz bor, yurtimizga koronavirusning “Omicron” shtammi kirib kelganidan so‘ng ma’lum cheklovlar o‘rnatildi. 
Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Covid 19” pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar”ga qat’iy rioya etiladi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi; 
ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);
yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish choralari ko‘riladi;
mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH