KONIMEXDA YANA BIR YANGI ONMTT

KONIMEXDA YANA BIR YANGI ONMTT

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimiga qaratilayotgan alohida e’tibor va sohaga xususiy setkorning jalb etilishi ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. O‘tgan 2021 yildagi an’analar davom ettirilgan holda viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan joriy yilda ham yangidan yangi maskanlar foydalanishga topshirilmoqda. 

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish maqsadida Konimex tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi  tomonidan bir qancha  ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, chekka va olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda oilaviy nodavlat MTTlarini tashkil etishga alohida e’tibor  qaratilib, bu orqali bolalarning maktabgaa ta’limga qamrovini oshirishga erishilmoqda. Tumanning Sho‘rko‘l mahallasida tadbirkor Baxriddin Berdiyev tomonidan tashkil etilgan MTTda ham endilikda mahalladagi 26 nafar jajji o‘g‘il-qizlar  sifatli ta’lim tarbiya olishlari, barkamol avlod bo‘lib yetishishlari uchun  sharoitlar yaratilib, 2 nafar xotin - qizlarning ish bilan bandligi ta’minlandi. Ahamityalisi, Sho‘rko‘l mahallasi Haqiqat qishlog‘ida 26 nafar 3-7 yoshli bolalar bo‘lib ularning barchasi qamrab olindi.
Tashkilotning ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari bugungi quvonchli kun bilan aholini qutlab, tadbirkorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda tashabbuskor tadbirkorga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yuritish to‘g‘risidagi ruxsatnomalarni topshirdi.
Shundan so‘ng, mehmonlar ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi
Aytish mumkinki, tashkilot o‘ziga xos tarzda jihozlanib, bolajonlarning emin-erkin o‘ynashi, mashg‘ulotlarda qatnashishi, ovqatlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oilaviy bog‘chada yaratilgan sharoitlar davlat standartlariga to‘la mos keladi. скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH