RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

#RASMIY_MUNOSABAT

✍️Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar bog‘chaga borsa sovuqligidan shamollab kelayotgani iddao qilinmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan fotolavha bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

🔰Mazkur holat boshqarma va Navoiy shahar MTB mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

✅Ushbu fotolavhada keltirilgan holat Navoiy shahridagi 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Gnyozdochka” guruhi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat 3 kun oldin boshqarma va bo‘limga ma’lum bo‘lgan edi. Shuning uchun ham 2022-yil 12-yanvar kuni shahar MTBning maxsus ekspulatatsiya xizmati mutaxassislari tomonidan bog‘chaga borgan holda o‘rganish o‘tkazilib, teshilgan quvurdan sizib chiqayotgan suv quvurida ta’mirlash ishlari olib borilib, kamchilik bartaraf etilgan. Shuningdek, devor shiftining bir qismidagi suv o‘tishi natijasida yuzaga kelgan holat esa qisqa muddat ichida ta’mirlanadi.

✅Ma’lumot uchun mazkur MTTni issiqlik tizimi 2019-yilda to‘liq almashtirilgan bo‘lib, 2021-yilning noyabr oyida ham to‘liq qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan. Mavsum davomida yuzaga kelayotgan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etib borilmoqda.

❗️Shu bilan birga boshqarma, bo‘lim hamda boshqa vakolatli va mas’ul tashkilotlar tomonidan MTTlaridagi issiqlik tizimining holati, mavsum davomida ularning barqaror ishlashi nazoartga olingan.

➡️Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

✍️Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati                                                                                                          

http://navoimtb.uz/
https://t.me/navoiyvmtb
http://fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
https://www.youtube.com/channel/UCH2WW_c8WQ12mduTWvjxddQ
https://www.instagram.com/navoiyvmtb_rasmiy/скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH