JORIY YILGI ILK SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

JORIY YILGI ILK SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

❗️Joriy yil boshidagi dastlabki sayyor qabul Navbahor tumanining "Yangi yo‘l" MFYdan boshlandi

✅Joriy yil 14-yanvar kuni viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillaev tomonidan Navbahor tumani "Yangi yo‘l" MFYda maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.  

📢Har bir murojaatning albatta, yechimi bor. Qaysidir muammoni hal etish uchun ozgina mas’uliyat va e’tibor kerak bo‘lsa, ayrimlarini yechish uchun esa vaqt va mablag‘ talab etiladi. Muhimi har bir murojaatni alohida nazoratga olgan holda, ishlarni tizimli tashkil etish lozim deya so‘z boshladi boshqarma boshlig‘i. So‘ngi yillarda barcha hududlarda bo‘lgani kabi Navbahor tumanida ham maktabgacha ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlarida ulkan ijobiy ishlar amalga oshirildi. Natijada, bundan 3-4 yil oldin matabgacha ta’limni deyarli barcha yo‘nalishlarida viloyatdagi eng past ko‘rsatkichlar shu tumanga tegishli bo‘lgan bo‘lsa, bugun vaziyat va ko‘rsatkichlar mutloqa boshqacha, ijobiy tomonga keskin o‘zgarib borayotganligi ta’kidlab o‘tildi.  

🖌Sayyor qabulda  fuqarolar B.Bozorov va Q.Uzoqovlar xonadonlarida oilaviy bog‘chalarni tashkil etish, N.Fayzieva faoliyat ko‘rsatib kelayotgan uy bog‘chasining quvvatini kengaytirish, S.Raximqulova, M.Akramova va M.Obloevalar esa shu tizimga ishga joylashish masalasida murojaat qilishdi. Ularga murojaatlari yuzasidan kerakli amaliy va huquqiy tushuntirishlar berildi va shu yerning o‘zida tegishli mas’ullarga har bir murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

🔰Shuningdek, qabulda fuqarolardan tashqari,  MTT direktorlari ham o‘zlarining tashkilotlaridagi yuzaga kelgan mablag‘ bilan bog‘liq muammolarni hal etib berishda amaliy yordam so‘rashdi. Sayyor qabul yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim sohasiga oid o‘ndan ortiq turli masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyati ijobiy hal etilishi qayd etilib, ijrosi nazoratga olindi.

✍️Sayyor qabul so‘ngida boshqarma boshlig‘i tomonidan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va davlat MTTlarining rahbar va mas’ullari bilan qisqa yig‘ilish o‘tkazilib, sohada 2021-yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni so‘zsiz ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

📚Shuningdek, yig‘ilish yakunida tizimda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tashabbuskor faol yoshlardan bir guruhiga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomlari va esdalik sovg‘asi sifatida kitoblar topshirildi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                   

🗞Ma’lumot o‘rnida. Hozirda Navbahor tumanida jami 122 ta MTTlari mavjud bo‘lib, shundan 16 ta davlat, 12 ta yirik davlat xususiy sherikchiligi asosidagi va 94 ta oilaviy MTT faoliyat yuritmoqda. Ular tumandagi 3-7 yoshli 6843 nafar bolalar qamrab olgan bo‘lib, qamrov darajasi 78 %ni tashkil etmoqda.

👫Sayyor qabuldan so‘ng MTTlarga borilib, mavjud muammolar o‘rganildi.

http://navoimtb.uz/
https://t.me/navoiyvmtb
http://fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
https://www.youtube.com/channel/UCH2WW_c8WQ12mduTWvjxddQ
https://www.instagram.com/navoiyvmtb_rasmiyскачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH