O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi “Davlat xizmatinin isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi tasdiqlandi.


Mazkur dastur oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kursida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi.


Bundan ko‘zlangan maqsad, eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirishdan iboratdir.

227-buyruq.pdf [1,17 Mb] (кўчиришлар сони: 5) скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH