Maktabgacha taʼlim vazirligida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida



I. 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar va asosiy koʻrsatkichlar.
Uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini boʻlgan maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish maqsadida 2017-yilning 30-sentyabr kuni (PF-5198) Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
Toʻrt yil ichida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish ikki baravardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 247 nafari (27.7%) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga kelib ularning soni 1 829 328 nafarga (64.9%) yetdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni qariyb toʻrt baravarga oshib 24 922 tani (2017 yilda 5211 ta) tashkil etmoqda.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari 223.5 mlrd. soʻmlik jihozlar, oʻyin va oʻyinchoqlar, oʻquv-didaktik materiallar bilan taʼminlandi.
Maktabgacha taʼlimning muqobil turlari rivojlantirilib mobil bogʻchalar joriy etildi, jumladan “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan 142 ta MFYlarda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslari negizida 387 ta guruhlar shakllantirildi.
BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli Namangan va Xorazm viloyatlarida joriy etildi. Mazkur 8 ta guruhlarga jami 400 nafar bola qamrab olingan.
Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga chiqishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda.
Bugungi kun holatiga respublikada jami 5 188 ta bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari, 11 283 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari va 6 304 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlarini tashkil yetish orqali 569 ming nafar 6 yoshli bolalarni yoki ularning 83,8 % maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.
Pedagog kadrlarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ularning oylik maoshi 43 foizdan 70 foizgacha oshirildi.
Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi eng yaxshi amaliyotlar asosida ilk marotaba maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning erta rivojlanishiga qoʻyilgan davlat talablari va  “Ilk qadam” davlat taʼlim dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari maqbullashtirilib, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari yaratildi. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilitatsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Sanitariya qoidalari va meʼyorlari hamda Idoraviy qurilish normalari zamon talablariga mos ravishda toʻliq qayta koʻrib chiqildi.
“Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotasi ikki baravar oshirildi.
Bakalavr yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish muddati 3 yil etib belgilandi.
Toshkent shahrida Koreyaning “Puchon” universiteti filiali tashkil etildi. Joriy yilda filialning “Maktabgacha taʼlim”, “Arxetektura”, “Koreys tili va menejment” yoʻnalishlarida jami 1 159 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 916 nafar qiz bola talaba, 243 nafar qiz bola talabalarni tashkil etadi.  
Maktabgacha taʼlim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi. 2021/2022 oʻquv yilida filial ilk bor “Pedagogik taʼlim”, “Psixologik-pedagogik taʼlim” (Maktabgacha taʼlim, Psixologiya va ijtimoiy psixologiya), “Maxsus pedagogika” (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika), “Psixologiya” hamda “Lingvistika” yoʻnalishlari boʻyicha jami 297 nafar oʻgʻil-qiz talabalikka qabul qildi. Ulardan 269 nafar qiz bola talaba, 28 nafar qiz bola talabalarni tashkil etadi. 
Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, hozirgi kunda esa 143 794 nafarni tashkil etdi.
Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21.6 % dan 33.8 %gacha yetkazildi.
Maktabgacha taʼlim tizimida xotin-qizlar bilan teng ravishda erkaklarni jalb qilishga doir faoliyatni qoʻllab-quvvatlash borasida maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar va erkaklar ulushi tahlil qilindi. Unga koʻra:
Hozirgi kunga kelib  maktabgacha taʼlim tizimida ayollarning ulushi  82.9% ni, erkak xodimlarning ulushi esa  17.1 % ni tashkil etadi.
Maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning umumiy soni 245 696 tani tashkil etib, shundan 143 794 nafari pedagog kadrlar            (107.655 DMTT, 26.986 NMTT). Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollar 203 599 nafarni (82.9%) erkaklar esa 42 097 nafarni                         (17.1 %) tashkil etadi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida 2 042 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib boradi. Shundan:                1 511 nafari ayollarni tashkil etadi.
Maktabgacha taʼlimga qamrab olingan bolalar 2 041 278 nafarni tashkil etib, ularning 1 030 929 (50.5%) nafari oʻgʻil bolalar boʻlsa, 1 010 929 (49.5%) nafari qiz bolalardir.
Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tizimining tuman, shahar, viloyat miqyosidagi boshqaruv organlarida xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi oshmoqda.
Hozirgi kunda viloyat (viloyat) boshqarmasining 14 nafar rahbaridan teng yarimi yaʼni nafari ayollarni nafari erkaklarni tashkil etadi.
 96 ta pedagogika kollejlarining direktorlarida 22 nafari (22.9%) ayol rahbarlardirErkak direktorlarning soni 74 nafarni  (77.1%) tashkil etadi.  
 6.207 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 6.129 tasida (98,8%) ayol direktorlar, qolganida 78 erkak (1.2 %) rahbarlar faoliyatini olib boradi.
Tuman miqyosida 207 nafar boshliqlardan 111 nafari ayollar (53.6%) va 92 nafari erkaklar (44.4%).
Shunday qilib, 19489 oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 38 978 nafar (100%) xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan boʻlib, ularda 360 135 nafar (70.6%) tarbiyalanuvchilar ham imtiyozli asosda qamrab olingan.
1154  ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari DXSHda 10 240 nafar (98%) xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan boʻlib, ularda 28 601  nafar (24. 6%) bola ham imtiyozli asosda qamrab olingan.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida  2021-yilda yaratilgan ish oʻrinlari haqida maʼlumot:
Jami: 9 209 ta shundan 1 737 (18.9 %)  nafar erkak,  7 763 (85.4%)  nafar ayol ish bilan taʼminlangan.  Umumiy ish bilan taʼminlangan pedagoglar soni 6 012 nafar ulardan ayollar 5 531 (60.1% ) qolgan   481 (5.2%)   erkaklarni tashkil etadi. DMTTga 3 588 nafar texnik xodim sifatida ishga qabul qilingan boʻlib ulardan ulardan ayollar 2 332 (25.3 % ) qolgan   1 256 (13.6%)   erkaklarni tashkil etadi.
Prognoz: 2022da yil maktabgacha taʼlim vazirligi 7 951nafar fuqaroni maktabgacha taʼlim tizimida ish bilan taʼminlashi koʻzda tutilgan.  Davlat MTTlarda 3 746,  nodavlat MTTlarda 4 205 nafar xodim ish bilan taʼminlanadi.
 
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-son “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar roʻyxatiga (imtiyozli roʻyxat) kiritiladi.фильмы бесплатно





YOPISH