HISOBOTLAR
-
Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan 2022-yilning II yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT
2018-2022-yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda MTT) soni 1203 tani tashkil etib, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 34,1 foizdan 81,9 foiz(+47,8 foiz)ga oshishiga erishildi. Shuningdek, 2019-yilning 16-dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi 595-Q-sonli Qonuni ushbu sohaning yanada rivojlanishiga va sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Asosiy ko‘rsatkichlar: Viloyatda 2022-yil 28-dekabr holatiga jami 1203 ta MTTlari mavjud bo‘lib, shundan 217 tasi davlat va 986 tasi nodavlat (6 tasi xususiy, 78 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida va 902 ta oilaviy) MTTlarni tashkil etadi. Shuningdek, ularni ichida 4 ta filial (Uchquduq tumanida 3 ta va Tomdi tumanida 1 ta) hamda Navoiy shahrida 16-sonli, Zarafshon shahrida 19-sonli “Umid” ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat MTT mavjud. Viloyat bo‘yicha 3-7 yoshdagi bolalar soni 82057 nafarni tashkil etib, ularning 67186 (davlat 42502, nodavlat 23684) nafari yoki 81,9 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Qamrab olinmagan bolalar soni esa 14 871 nafarni (18,1%) tashkil etmoqda. Qamrov bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar Navoiy shahrida 102,7 foiz, Zarafshon shahrida 100,9 foiz va Uchquduq tumanida 91,4 foiz bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Tomdi tumanida 66,5 foiz, Nurota tumanida 71,1 foizni tashkil etmoqda. Viloyatda 6 yoshli bolalar soni 20156 nafarni tashkil etib, ularning 18 503 nafari yoki 91,7 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi. 2022-yil yakuniga qadar 4 ta hay’at majlis, 61 ta Kengaytirilgan yig‘ilish, 49 ta apparat yig‘ilishi utkazilib, tegishli ma’sullarning ma’lumotlarni sifatli qilib tayyorlanishi nazorat qilib borildi. 2022-yil 28-dekabr holatida boshqarmaga 1634 ta xatlar kirim qilingan va ijrosi bajarilgan. Boshqarma tomonidan Asosiy faoliyatga doir 205 ta buyruq, 5 ta hay’at majlis bayoni, 61 ta Kengaytirilgan bayon, 51 ta apparat yig‘ilish bayonlari ishlab chiqilgan va ijroga qaratilgan Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim tizimiga 2022-yil davomida jami 1443 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 569 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Bosh Vazir virtual hamda xalq qabulxonalari va orqali kelib tushgan. Tizimda jami xodimlar soni 11646 nafarni tashkil etadi. Shundan 5898 nafar pedagog xodimlar bulib, 4381 nafari davlat MTTlarda, 1517 nafari NMTT larda faoliyat yuritib. 2561 (43,4%) nafar oliy malumotli, 3337 (56,6%) nafari o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlardir. 2022-yil malaka oshirish rejasiga jami 887 nafar tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagoglar kiritilib jumladan, 4 nafar boshqarma metodist va mutaxassislari, 17 nafar tuman va shahar makatabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlari va bo‘limlarning sho‘ba mudirlari va mutaxassislari shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 866 nafar (shundan 50 tasi DMTT direktorlari) malakasi oshirilishi rejalashtirilib, joriy yilning dekabr holatiga yil yakunlari bo‘yicha 905 nafar tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagoglar tegishli malaka oshirish kurslariga jalb etildi. Xususan, DMTTning 59 nafar direktorlari, 39 nafar uslubchilari, 30 nafar psixologlari, 5 nafar logopedlari, 11 nafar defiktologlari, 56 nafar musiqa rahbarlari, 30 nafar til o‘qituvchilari, 610 nafar tarbiyachilar (25 nafari ONMTT) 7 nafar xoreograflari, 42 nafar jismoniy tarbiya yo‘riqchilari shuningdek, 13 nafar tuman va shahar MTB bo‘imlaridan 2 nafar bo‘lim mudiri, 1 nafar sho‘ba mudiri va 10 nafar mutaxassis, metodistlar hamda 3 nafar boshqarma mutaxassislari malakasi oshirib 2022-yil rejasiga nisbatan 100% ga bajarildi. 2022-2023-yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan viloyat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining “An’anaviy avgust anjuman”lariga tayyorgarlik ko’rilib, 2022-yil 15-16-avgustda yuqori darajada samarali tashkil qilindi. Navoiy pedagogika kollejida 2022-yil uchun qabul rejasi to'liq bajarilib unga ko'ra belgilangan 180 nafa qabul rejasiga joriy yilning 27-dekabr holatiga 312 nafar o’quvchilar birinchi bosqichga qabul qilndi. Ayni vaqda ulardan kunduzgi ta’lim shaklida 18 nafar va sirtqi ta’lim shaklida 294 nafar o’quvchilar taxsil olmoqda. Kollejda ikkinchi bosqich talabalari soni 489 nafarni tashkil etib kunduzgi ta’lim shaklida 93 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 369 nafar hamda 27 nafar o‘quvchilar kechki ta’lim shaklida tahsil olmoqda kollejda umumiy o‘quvchilar soni 801 nafarni tashkil etmoqda. Maktabgacha ta’limga oid (farmon, qaror, farmoyish) buyruqlar va ish hujjatlarining yuritilishini (masqsadli, kompleks ravishda) o‘rganish, tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan 2022-yil davomida boshqarmaning yillik ish rejasiga asosan 11 ta tuman va shahar maktabgacha talim bo’limi va uning tasarrufidagi MTTlar to‘liq kompleks o‘rganildi. O‘rganish natijalariga asosan tizimdagi mavjud kamchiliklarni boshqarmaning kengaytirilgan yig‘ilishlarida muhokama qilinib faoliyati davomida qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbar va xodimlarga nisbatan tegishli tartibda choralar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-sonli qarorining 2-ilovasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotining “Ilk qadam” o‘quv dasturi doirasida rejaga muvofiq barcha tuman va shahar MTB tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliy-nazariy o‘quv seminarlari tashkil etildi. Joriy yilning 14-aprelida Nurota tumandagi MTBga qarashli 8-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Matematika (mental arifmetika) va mantiq chuqur o‘rgatiladigan guruhlar faoliyatini takomillashtirish va bolalar iqtidor va qiziqishlarini o‘rganish, rivojlantirish” mavzusida, 29-iyul kuni Navbahor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 3-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishda “Ekobog‘cha”ning ahamiyati” mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Xatirchi tumanidagi 2-son DMTTda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan Davlat o‘quv dasturi doirasida yaratilgan 6 ta uslubiy qo‘llanmalardan va didaktik materiallardan ta’lim jarayonlarida oqilona foydalanilish bo‘yicha viloyat o‘quv amaliy seminari tashkil etildi. 2022-yilda viloyat maktabgacha ta’lim sohasida bir qancha yutuqlar qo‘lga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qaroriga 2022-yil rejasiga muvofiq jami viloyat bo‘yicha 28 ta tashkilot attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, rejadagi barcha DMTTlar davlat akkreditatsiyasidan o‘tib, 23 ta DMTTlar Sertifikatlarga ega bo‘ldi. 5 tasi noyabr, dekabrda rejalashtirilib, hozirgi kunda attestatsiyadan o‘tib xulosasi berilgan. Investitsiya va “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida hamda davlat xususiy sherikchiligi asosida yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan maktabagcha ta’lim tashkilotlarining foydalanishga topshirilish jarayonlari 12 marta OAVda yoritildi. Xususan, uza.uz, kun.uz, xs.uz saytlarida hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining veb-resurslariga yoritildi. Bundan tashqari, Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining “Diyor 24”dasturi va “Tafsilot” ko‘rsatuvi orqali yoritildi. Boshqarma va MTTlari faoliyati haqida 71 marta OAVga yoritildi. Shuningdek, 13-sentyabr kuni viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi va viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda tizimda murojaatlar bilan mahallabay ishlash, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘nalishida qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. 14-oktyabr kuni Zarafshon shahar hokimligi bilan hamkorlikda shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari misolida bolalarning MTTlarga qamrab olinish darajasi, ta’lim sifati, ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan OAV vakillari va jurnalistlarni tanishtirish maqsadida press-tur hamda matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu tadbirlar O‘zbekiston-24 TV, viloyat teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston va viloyat radiosida, kun uz, uza uz, xs uz, yuz uz saytlari, Muqaddas burch, Oltin vodiy gazetalari, Maktabgacha ta’lim vazirligi va boshqarmaning rasmiy sahifalari orqali yoritildi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillayev ishtirokida “Maktabgacha ta’lim sohasi korrupsiyadan holi” mavzusida sohaga oid tartib-taomillar va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida brifing tashkil etildi va viloyat hokimligining rasmiy kanalida yoritildi. Prezidentning 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori talablari yuzasidan, “E-huquqshunos” elektron tizim orqali hududiy bo‘limlar tomonidan hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlanishi, qayta ishlash va xulosa olish uchun Markazlarga yuborilgan va elektron tizimdan foydalanishi doimiy nazorat qilib borilmoqda. Karmana tumanidagi “BEGIM KIDS” davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-metodisti Davlatova Manzura Asrorovna II darajali “Sog‘lom avlod uchun ordeni” bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori ilovasi bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini tegishli tartibda attestatsiyadan o’tkazilishi bo’yicha inspeksiyaning maxsus platformasiga 279 nafar pedagoglar arizalari qabul qilinib ulardan 52 nafari majburiy hamda 219 nafari navbatdan tashqari attestatsiyaning turlari bo‘yicha joriy yilning 17-noyabr kuni malaka sinovlari test jarayonlari inspeksiya tomonidan o‘tkazildi. Pedagog xodimlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar joriy yilning 1-dekabr holatiga viloyatdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 5898 nafar pedagoglar, ulardan 4381 nafari DMTT hamda 1517 nafari NMTT xodimlarini tashkil etadi. Tashkilotlardagi jami oliy ma’lumotli pedagoglar soni 2561 (43,4%) va o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagoglar soni 3337 (56,6%)ni tashkil etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi “2022-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-98-sonli qaroriga asosan 2022-yil Investitsiya dasturiga umumiy loyiha qiymati 18.2 mlrd so‘m, quvvati 750 o‘rinli 6 ta davlat MTTlarining barchasida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgan. Xususan, Nurotadagi 13-sonli MTTda 100 foiz, Qiziltepadagi 13-sonli MTTda 100 foiz, Xatirchidagi 10-sonli MTTda 100 foiz, Karmanadagi 12 va 13-sonli MTTlarida 100 foiz, Navbahordagi 31-maktabning bo‘sh binosida (yangi 17-sonli MTTda) esa 100 foizga bajarilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi to’g‘risida”gi PQ-172-sonli qaroriga asosan viloyatda 14 ta (2 ta yangi qurilish va 12 ta rekonstruksiya) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish ta’mirlash ishlari yakunlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 391-sonli qarori ijrosini ta’minlash, MFYlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga boʻlgan ehtiyojlar aniqlanib tahlil qilib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni (davlat va nodavlat MTTlar) ulardagi guruhlar, bolalar soni 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlari bo’yicha (qamrov bazadan) barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilib vazirlikka taqdim etilmoqda. Umuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari yo’q hamda DMTT yo’q mahallarni aniqlab hamda mazkur hududlarda davlat yoki nodavlat MTTlarini tashkil etishda takliflar tayyorlanib borilmoqda. Hozirda viloyatning mavjud 330 ta MFY dan 11 ta MFYda umuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur hududlarda nodavlat MTTlarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha nazorat reja ishlab chiqilgan. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi Q-55-sonli qarori hamda 54-sonli buyruqlari asosida 6 yoshli majburiy ta’limga bolalarni to‘liq qamrab olish orqali boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini ko‘rilishini ta’minlash boyicha joriy yilda viloyatda qo’shimcha 58 ta majburiy ta’lim guruhlari faoliyatini shakllantirib, 2022-2023-oquv yilida jami 342 ta majburiy ta’lim guruhlari faoliyati yo’lga qo’yilib, 7219 nafar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar qamrab olindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yul 13-maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 391-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 23-avgustda Zarafshon shahar 19–sonli “Umid” reabilitatsiya markaziga ega ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga imkoniyati cheklangan 19 nafar bolalar tibbiy psixologik pedagogik komissiya xulosasiga asosan qabul qilindi Hozirgi kunda Zarafshon shahar “Umid” reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan 19-DMTTda 41 nafar, Navoiy shahridagi 16-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 71 nafar tarbiyalanuvchilar tarbiyalanmoqda. Boshqarma tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun zararsizlantiruvchi va oqartiruv vositalar va birinchi tez tibbiy yordam uchun zarur bo’lgan 20 turdagi dori vositalariga bo’lgan ehtiyojlar aniqlanib doimiy tarzda yetkazib berilmoqda. Yil boshidan viloyat bo’yicha 381241 so‘m ajratilib, 168444 so‘mga dori darmon va oqartiruv vositalari shartnomalar asosida olib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli qarori hamda 2021-yil 26-martdagi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022-yil 03-fevralda Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha 2022-yil uchun “Yo`l xaritasi” ishlab childi va tasdiqlandi. Ushbu “Yo`l xarita”ga asosan har haftaning juma kuni reja asosida DMTTlarda “Siyosiy Ma’rifat soatlari” hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarma tasarrufidagi pedagogika kollejida ma’naviyat xonasini milliy qadriyatlarimiz namunalari asosida jihozlandi, seminarlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o`tkazildi. ;
Yuklab olish ichun https://drive.google.com/file/d/1R8bHyF3ds_ic8jJUmIziGbNme4GKZyuu/view?usp=sharing
-
Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tizimida 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
bilan ishlash va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va aholinining undan qanoatlanganlik darajasini oshirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Boshqarma va uning hududiy bo‘limlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda va qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va xatolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda. Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim tizimiga 2022-yil davomida jami 1443 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 569 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Bosh Vazir virtual hamda xalq qabulxonalari va orqali kelib tushgan. Murojaatlarda asosan quyidagi masalalar ko‘tarilgan: - Ta’lim tashkilotlariga farzandini joylashtirish to‘g‘risida; - Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish to‘g‘risida bunda asosan davlat-xususiy sheriklik asosida va xususiy mulk negizida maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish; - Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va masu’l xodimlari faoliyatidagi kamchiliklar; Ishga joylashish; Mazkur yo‘nalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish hamda ularga imkon qadar keng qulayliklar yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2022 yil birinchi yarim yillik jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish jadvali 2022 yilning 05 yanvar Navoiy viloyat hokimligi tomonidan 06-06/02-raqamli hamda 2022 yil ikkinchi yarim yillik 01 iyul 06-06/641-raqamli jadval bilan tasdiqlangan. Qabullar belgilangan muddatlarda viloyatning barcha hududlarda mahalla fuqarolari yig’inlarining binolarida sayyor qabullar o‘tkazilib jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarida ikki yuz qirqga yaqin murojaatlar eshitilib fuqarolarga belgilangan tartibda o‘rganilib chiqib javob xatlari taqdim etildi. Ushbu o‘tkazilgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish boshqarmaning va hududiy maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hamda hududiy hokimliklarning Veb saytlarida yoritildi. Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va aholinining undan qanoatlanganlik darajasini oshirish maqsadida Navoiy viloyat televideniesiga 2022-yil yanvar ,oktyabr oyilarida chiqishlar qilgan. Bundan tashqari, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy bo‘linmalar faoliyati o‘rganilib, boshqarmaning yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinib, borilgan. Murojaatlarni o‘rganishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 5 nafar mas’ul xodimga nisbatan “Hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanilgan, 2 nafar xodimning mehnat shartnomalari bekor qilingan. Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va uning tasarrufidagi bo‘lim va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini Qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishi qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qilamiz. ;
Yuklab olish ichun https://drive.google.com/file/d/1R8bHyF3ds_ic8jJUmIziGbNme4GKZyuu/view?usp=sharing
-
Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tizimida 2022 yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
bilan ishlash va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tizimida 2022-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va aholinining undan qanoatlanganlik darajasini oshirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Boshqarma va uning hududiy bo‘limlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda va qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va xatolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda. Joriy yilning 9 oyi davomida jami 1090 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 421 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Bosh Vazir virtual hamda Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan. Murojaatlarda asosan quyidagi masalalar ko‘tarilgan: - Ta’lim tashkilotlariga farzandini joylashtirish to‘g‘risida; - Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish to‘g‘risida bunda asosan davlat-xususiy sheriklik asosida va xususiy mulk negizida maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish; - Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va masu’l xodimlari faoliyatidagi kamchiliklar; Ishga joylashish; Mazkur yo‘nalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish hamda ularga imkon qadar keng qulayliklar yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2022-yil birinchi yarim yillik jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish jadvali 2022-yilning 5-yanvarda Navoiy viloyat hokimligi tomonidan 06-06/02-raqamli hamda 2022-yil ikkinchi yarim yillik 01-iyul 06-06/641-raqamli jadval bilan tasdiqlangan. Qabullar belgilangan muddatlarda viloyatning barcha hududlarda mahalla fuqarolari yig‘inlarining binolarida sayyor qabullar o‘tkazilib jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarida bir yuz sakson ta murojaatlar eshitilib fuqarolarga belgilangan tartibda o‘rganilib chiqib javob xatlari taqdim etildi. Ushbu o‘tkazilgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish boshqarmaning va hududiy maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hamda hududiy hokimliklarning veb saytlarida yoritildi. Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va aholinining undan qanoatlanganlik darajasini oshirish maqsadida Navoiy viloyat televideniesiga 2022-yil yanvar oyida chiqishlar qilgan. Bundan tashqari, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy bo‘linmalar faoliyati o‘rganilib, boshqarmaning yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinib, borilgan. Murojaatlarni o‘rganishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 5 nafar mas’ul xodimga nisbatan hayfsan intizomiy chorasi qo‘llanilgan, 2 nafar xodimning mehnat shartnomalari bekor qilingan. Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va uning tasarrufidagi bo‘lim va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini Qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishi qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qilamiz. ;
Yuklab olish ichun https://drive.google.com/file/d/1R8bHyF3ds_ic8jJUmIziGbNme4GKZyuu/view?usp=sharing
-
Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tizimida 2022 yil I-сhorak davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va aholinining undan qanoatlanganlik darajasini oshirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Boshqarma va uning hududiy boshqarma va bo‘limlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda va qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va xatolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda. Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga 2022 yil I-сhorak davomida jami 349 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 112 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Bosh Vazir virtual hamda xalq qabulxonalari va orqali kelib tushgan. Murojaatlarda asosan quyidagi masalalar ko‘tarilgan: - Ta’lim muassasalariga farzandini joylashtirish to‘g‘risida; - Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish to‘g‘risida bunda asosan davlat-xususiy sheriklik asosida va xususiy mulk negizida maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish; - Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va masu’l xodimlari faoliyatidagi kamchiliklar; Mazkur yo‘nalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish hamda ularga imkon qadar keng qulayliklar yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2022 yil 1-yarim yillik jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish jadvali 2022 yilning 05 yanvar Navoiy viloyat hokimligi tomonidan 06-06/02-raqamli tasdiqlangan jadval ishlab chiqildi. Joriy yilning Navbaxor tumanida 14 yanvar, Xatirchi tumanida 28 yanvar, Zarafshon va Tomdi tumanlarida 3-fevral, Uchquduq tumanida 4-fevral, Navoiy shaharda 11-mart, Konimex tumani 25-mart, sayyor qabullar o‘tkazilib jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarida oltmishga yaqin murojaatlar eshitilib fuqarolarga belgilangan tartibda o‘rganilib chiqib javob xatlari taqdim etildi. Ushbu o‘tkazilgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish boshqarmaning va hududiy maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hamda hududiy hokimliklarning Veb saytlarida yoritildi. Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va aholinining undan qanoatlanganlik darajasini oshirish maqsadida Navoiy viloyat televideniesiga 2022 yanvar, oyida chiqishlar qilgan. Bundan tashqari, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy bo‘linmalar faoliyati o‘rganilib, boshqarmaning yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinib, borilgan. Murojaatlarni o‘rganishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan jami 1nafar mas’ul xodimga nisbatan “Xayfsan” intizomiy chora qo‘llanilgan Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va uning tasarrufidagi bo‘lim va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini Qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishi qat’iy nazoratga olingan. ;
Yuklab olish ichun https://drive.google.com/file/d/1R8bHyF3ds_ic8jJUmIziGbNme4GKZyuu/view?usp=sharing
-
2022 yil 1-choragi davomida Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
So‘ngi 5 yilda Davlat Rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi natijasida respublikaning barcha hududlari qatori kabi Navoiy viloyatida ham maktabgacha ta’lim sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida 2018-2022 yil mart oylarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda MTT) soni 1028 ta (davlat 95 taga va nodavlat 933 taga) ko‘payib, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 34,1 foizdan 85,1 foiz (+51 foiz)ga oshishiga erishildi. Shuningdek, 2019 yilning 16 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ushbu sohaning yanada rivojlanishiga va sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Asosiy ko‘rsatkichlar: Viloyatda 31.03.2022 yil holatiga jami 1145 ta MTTlari mavjud bo‘lib, shundan 210 tasi davlat va 935 tasi nodavlat (4 tasi xususiy, 73 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida va 858 ta oilaviy) MTTlarnitashkil etadi. Shuningdek, ularni ichida 6 ta filial ( Uchquduq tumanida 3 ta va Tomdi tumanida 3 ta) hamda Navoiy shahrida 1 ta 16-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat MTT mavjud. Viloyat bo‘yicha 3-7 yoshdagi bolalar soni 80671 nafarni tashkil etib, ularning 68614 (davlat 44631, nodavlat 23983) nafari yoki 85,1 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Qamrab olinmagan bolalar soni esa 12057 nafarni (14.9 foiz) tashkil etmoqda. Qamrov bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar Navoiy shahrida 104,7 foiz, Zarafshon shahrida 99,5 foiz va Uchquduq tumanida 95,0 foiz bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Tomdi tumanida 68,1foiz, Nurota tumanida 73,5 foizni tashkil etmoqda. Viloyatda 6 yoshli bolalar soni 19 925 nafarni tashkil etib, ularning 17491 nafari yoki 87,8 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Viloyatdagi 1145 ta MTTlarining mavjud jami quvvati 66501 (davlat 35721va nodavlat 30780) o‘rin bo‘lib, ulardan foydalanish koeffitsienti 101,0 foizni tashkil etadi. MTTlaridagi jami guruhlar soni 2892 ta (davlat 1691 ta va nodavlat 1201 ta)ni tashkil etadi. Jumladan, 46 ta davlat MTTlarda 81 ta qisqa muddatli guruhlar ham tashkil etilgan bo‘lib, ularga 1580 nafar bolalar qamrab olingan. Mazkur guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonlari 2472 tasida o‘zbek tilida, 371 tasida rus tilida va 49 tasida qozoq tilida olib boriladi. Shu bilan birga 2020/2021 o‘quv yilida 284 ta majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari ham tashkil etilib, ularga 6869 nafar 6 yoshli bolalar qamrab olindi. Bugungi kunda 210 ta davlat MTTlarining 186 tasi zamonaviy binolarda va 24 tasi esa moslashtirilgan binolarda joylashgan. Ularning 57 tasi markazlashgan issiqlik tizimiga ulangan bo‘lsa, 90 tasi gaz va 63 tasi esa ko‘mir yoqilg‘isi bilan isitiladi. Shuningdek, ichimlik suvi bilan 181 tasi markazlashgan, 21 tasi artizan tik quduqlar va 8 tasi tashib keltirish orqali ta’minlanadi. Mavjud davlat MTTlariningbarchasini atrofi o‘ralgan. Kadrlar ta’minoti: MTTlarida jami 5488 (davlat 4214 va nodavlat 1274) nafar pedagoglar faoliyat ko‘rsatib, ularning 2332 nafari (42,4 foiz) (davlat 46,1 foiz va nodavlat 30.5foiz) oliy va 3156 nafari (57,5 foiz) (davlat 53,9 foiz va nodavlat 69,5 foiz) o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarni tashkil etadi. Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida maktabgacha ta’lim yo‘nalishida 1346 nafar talabalar tahsil olmoqda. 2021 yilda ushbu institutni shu yo‘nalish bo‘yicha 208 nafar bitiruvchilar bitirgan bo‘lib, hozirda ularni tegishli tartibda MTTlarga ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida asosan viloyatning Tomdi, Uchquduq, tumanlari hamda Zarafshon shahrida oliy ma’lumotli 46 nafar mutaxassis pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud. Maktabgacha ta’lim tizimida asosan viloyatning G‘ozg‘on shahri, Tomdi, Uchquduq, Navbahor, Nurota, Xatirchi tumanlarida oliy ma’lumotli 160 dan ortiq mutaxassis pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud. Joriy yilning o‘tgan davri davomida Qiziltepa va Navbahor tumani bo‘lim mudurlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, bundan tashqari tegishli tartibda jami 5 nafar MTT direktorlari tayinlangan bo‘lsa, 5 nafari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda ularning 20 nafariga “Hayfsan”, 8 nafariga esa “Jarima” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Oziq-ovqat ta’minoti: Viloyatdagi davlat MTTlarida viloyat bo‘yicha o‘rtacha bir nafar tarbiyalanuvchiga oziq-ovqati uchun 4,5 soatlik (qisqa muddatli)ga 1662 so‘m, 9 va 10,5 soatlikka 12590 so‘m, 12 soatlikka 14713 so‘m mablag‘ sarflanmoqda. Shuningdek, joriy yilning 4-choragi davomida MTTlarida tarbiyalanuvchilarni SanPin mi’yorlari bo‘yicha 24 turdagi oziq-ovqat mahsulotlardan birinchi navli bug‘doy noni, yorma, makron, o‘simlik yog‘i, go‘sht,parranda go‘shti, shakar, kartoshka, sut, sariqyog‘, yodlangan tuz, qandolat mahsulotlari bilan ta’minlanishi 90-95 foizni, tuxum, pishloq, sabzavotlar, mevalar, rezavorlar bilan ta’minlanishi 85-92 foizni tashkil etmoqda. Xavfsizlik choralari bo‘yicha: Viloyatdagi 210 ta davlat MTTlarining 209 tasi keng polosali (optik tolali)aloqa liniyalari bilan ta’minlangan. Shuningdek, 210 ta davlat MTTlarining 202 tasiga kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yil oxiriga qadar qolganlariga ham bosqichma-bosqich o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu kameralar bilan ta’minlangan jami 202 ta davlat MTTlarida jami 2767 ta kameralar mavjud bo‘lib, ularning 652 tasi binolarning tashqari qismiga, 1762 tasi mashg‘ulot va yotoqxonalarga, 71 tasi musiqa va sport zallariga, 201 tasi oshxonalarga va 81 tasi esa omborxonalarga o‘rnatilgan. Mahalliy hokimliklar tomonidan xarajatlar qo‘shimcha ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha: Hisobot davrida viloyatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (ta’mirlash va jihozlash) uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari, hokimliklar tomonidan mahalliy budjetdan qo‘shimcha 7,5 mlrd so‘m (shundan 6.8 mlrd so‘mi viloyat budjetidan) mablag‘ ajratilgan. Pullik xizmat: 2019 yil 18 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”dan 3123-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarida qo‘shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq hisobot davrida viloyatda jami 184 ta davlat MTTlarida qo‘shimcha pullik to‘garaklar tashkil etilib, ularga 6548 nafar bolalar qamrab olingan va shuning evaziga pullik xizmat bo‘yicha ota-onalardan 2021 yil davomida 711597 ming so‘m pul mablag‘lari tegishli hisob raqamlariga tushirilgan. Shundan Davlat MTT larining moddiy texnika bazasini yaxshilash uchun o‘quv qurollari va jixozlar sotib olish uchun 468577 ming so‘m pul mablag‘lari xarajat qilingan. Homiylik yordamlari: Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy viloyati Zarafshon shahrining “Quruvchi” MFY Tinchlik ko‘chasida umumiy maydoni 1 gektar bo‘lgan hududda asosan viloyatning Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida yashovchi jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun quvvati 72 o‘rinli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilmoqda. Mazkur MTTning umumiy loyiha qiymati 29,0 mlrd so‘m, shundan qurilishga 19,0 mlrd so‘m va jixozlashga 10,0 mlrd so‘m) bo‘lib, hozirda ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlarib, jihozlash ishlari ham tugallanmoqda. Mazkur ob’ektni NKMK to‘liq jixozlab bo‘lgandan so‘ng, uni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufiga beg‘araz (nol qiymatda) topshirishni rejalashtirgan. 2022 yil Investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini bajarilishi bo‘yicha: 2022 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq, jami quvvati 750 o‘rinli 6 ta (6 ta rekonstruksiya) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha bloklar qurish) belgilangan bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun jami 19.2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Bugungi kunda 6 ta ob’ektni loyiha smeta hujjatlari tayorlanib erispirtiza xulosalari olinib, belgilangan tartibda tanlov(tendir) savdolariga chiqarish bo‘yicha ishlari olib borilmoqda va ushbu ob’ektlarni joriy yilning 1 sentabriga qadar to‘liq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida ham jami 14 ta (Navoiy shahrida 4 ta, Zarafshon shahrida 1 ta, G‘azgon shahrida 1 ta hamda Uchquduq tumanida 1 ta, Tomdi tumanida 2 ta, Karmana tumanida 2 ta, Konimex tumanida 1 ta, Xatirchi tumanida 1 ta, Nurota tumanida esa 1 ta davlat MTTda)ob’ektlarda loyiha smeta hujjatlari tayorlanib erispirtiza xulosalari olinib, belgilangan tartibda tanlov(tendir) savdolariga chiqarish bo‘yicha ishlari olib borilmoqda va ushbu ob’ektlarni joriy yilning 1 sentabriga qadar to‘liq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Nodavlat MTTlari bo‘yicha: Hozirda viloyatda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat MTTlarni tashkil etish bo‘yicha yirik loyihalar bo‘yicha jami 91 bitim imzolangan bo‘lib,hozirda ularning 77 tasiga “Turonbank” ATB Navoiy filiali orqali 160,042 mlrdso‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning 73 tasi foydalanishga topshirilgan. Imtiyozli kredit olgan qolgan 7 tasida ham qurilish-ta’mirlash va jihozlar ishlari 90-95 foizga bajarilgan bo‘lib, ularni 1avgustga qadar to‘liq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan va doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, bitim imzolanib, hali moliyalashtirilmagan loyihalarni ham hozirda tegishli tartibda “Turonbank” ATB Navoiy filiali tomonidan bosqichma-bosqich moliyalashtirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari yil yakuniga qadar viloyat bo‘yicha 2 ta xususiy, 11 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 43 ta oilaviy nodavlat MTTlarini tashkil etish bo‘yicha bir qatort ishlar amalga oshirilmoqda . 2022 yil yakuni bo‘yicha kutilayotgan natija: Joriy yil yakuni bo‘yicha 2022 yilda 65 ta MTT tashkil etiladi. Shundan 6 ta davlat, 2 ta xususiy, 11 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 43 ta oilaviy nodavlat MTTlar tashkil etiladi. Viloyatda maktabgacha ta’limning 3-7 yoshli bolalar qamrovi darajasini 85,1 foizdan 87,5 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 90 foizga yetkaziladi. ;
Yuklab olish ichun https://drive.google.com/file/d/1R8bHyF3ds_ic8jJUmIziGbNme4GKZyuu/view?usp=sharing
-
2021 yil davomida Navoiy viloyatida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
So‘ngi 5 yilda Davlat Rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi natijasida respublikaning barcha hududlari qatori kabi Navoiy viloyatida ham maktabgacha ta’lim sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida 2018-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda MTT) soni 2017 yilga nisbatan 1008 ta (davlat 95 ta va nodavlat 930 ta)ga ko‘payib, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 34,1 foizdan 84 foiz (+49.9foiz)ga oshishiga erishildi. Shuningdek, 2019 yilning 16 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ushbu sohaning yanada rivojlanishiga va sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 2021 yilning o‘zida jami 402 ta (6 ta davlat, 2 ta davlat-xususiy sheriklik va 394ta oilaviy) MTTlari yangidan tashkil etilib, qamrov darajasi 2020 yilga nisbatan 74,8 foizdan 84 foiz (+9.2 foiz) ga oshishiga erishildi. Asosiy ko‘rsatkichlar: Viloyatda 2021 yil yakuni bo‘yicha jami 1140taMTTlari mavjud bo‘lib, shundan 210tasi davlat va 930tasi nodavlat (4tasi xususiy, 71tasi davlat-xususiy sheriklik asosida va 855ta oilaviy) MTTlarnitashkil etadi. Shuningdek, ularni ichida 6 ta filial ( Uchquduq tumanida 3 ta va Tomdi tumanida 3 ta) hamda Navoiy shahrida 1 ta 16-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat MTT mavjud. Viloyat bo‘yicha 3-7 yoshdagi bolalar soni 80671 nafarni tashkil etib, ularning 67761(davlat 44578, nodavlat 23183) nafari yoki 84foizimaktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Qamrab olinmagan bolalar soni esa 12910nafarni (16foiz) tashkil etmoqda. Qamrov bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar Navoiy shahrida 103.4foiz, Zarafshon shahrida 99.5foiz, G‘azg‘on shahrida 89 foizva Uchquduq tumanida 95 foiz bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Tomdi tumanida 64.1foiz, Nurota tumanida 70.2 foizni tashkil etmoqda. Viloyatda 6 yoshli bolalar soni 19 925 nafarni tashkil etib, ularning 17482nafari yoki 87,7 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Viloyatdagi 1140ta MTTlarining mavjud jami quvvati 67178(davlat 37223 va nodavlat 29955) o‘rin bo‘lib, ulardan foydalanish koeffitsienti 100,8foizni tashkil etadi. MTTlaridagi jami guruhlar soni 2869ta (davlat 1687tava nodavlat 1182ta)ni tashkil etadi. Jumladan, 55 ta davlat MTTlarda 81ta qisqa muddatli guruhlar ham tashkil etilgan bo‘lib, ularga 1571 nafarbolalar qamrab olingan. Mazkur guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonlari 2449 tasida o‘zbek tilida, 371tasida rus tilida va 49 tasida qozoq tilida olib boriladi. Shu bilan birga 2020/2021 o‘quv yilida 284 ta majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari ham tashkil etilib, ularga 6892nafar6 yoshli bolalar qamrab olindi. Bugungi kunda 210 ta davlat MTTlarining 186 tasi zamonaviy binolarda va 24tasi esa moslashtirilgan binolarda joylashgan. Ularning 58 tasi markazlashgan issiqlik tizimiga ulangan bo‘lsa, 89 tasi gaz va 63 tasi esa ko‘mir yoqilg‘isi bilan isitiladi. Shuningdek, ichimlik suvi bilan 182 tasi markazlashgan, 22 tasi artizan tik quduqlar va 6 tasi tashib keltirish orqali ta’minlanadi. Mavjud davlat MTTlarining barchasini atrofi o‘ralgan. Kadrlar ta’minoti: MTTlarida jami 5469 (davlat 4117 va nodavlat 1352) nafar pedagoglar faoliyat ko‘rsatib, ularning 2495 nafari (46,0foiz) (davlat 50.1 foiz va nodavlat 32.0 foiz) oliy va 2974nafari (54.3 foiz) (davlat 49.9 foiz va nodavlat 68.0 foiz) o‘rta maxsus ma’lumotli, shundan, 199 nafarini tugallanmagan oliy ma’lumotli kadrlarni tashkil etadi. Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida maktabgacha ta’lim yo‘nalishida 1346 nafar talabalar tahsil olmoqda. Joriy yilda ushbu institutni shu yo‘nalish bo‘yicha 208 nafar bitiruvchilar bitirgan bo‘lib, hozirda ularni tegishli tartibda MTTlarga ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida asosan viloyatning G‘ozg‘on shahri, Tomdi, Uchquduq, Navbahor, Nurota, Xatirchi tumanlarida oliy ma’lumotli 125 nafar mutaxassis pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud. 2021 yil davomida davomida Navoiy shahar va Xatirchi tumani bo‘lim mudurlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va 4 nafariga tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bundan tashqari tegishli tartibda jami 19 nafar MTT direktorlari tayinlangan bo‘lsa, 17 nafari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda ularning 61 nafariga “Hayfsan”, 74 nafariga esa “Jarima” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Oziq-ovqat ta’minoti: Viloyatdagi davlat MTTlarida viloyat bo‘yicha o‘rtacha bir nafar tarbiyalanuvchiga oziq-ovqati uchun 4,5 soatlik (qisqa muddatli)ga 1656 so‘m, 9 va 10,5 soatlikka 12660 so‘m, 12 soatlikka 14320 so‘m mablag‘ sarflanmoqda. Shuningdek, 2021 yil davomida MTTlarida tarbiyalanuvchilarni SanQvaN me’yorlari bo‘yicha 24 turdagi oziq-ovqat mahsulotlardan birinchi navli bug‘doy noni, yorma, makron, o‘simlik yog‘i, go‘sht,parranda go‘shti, shakar, kartoshka, sut, sariqyog‘, yodlangan tuz, qandolat mahsulotlari bilan ta’minlanishi 90-100 foizni, tuxim, pishloq, sabzavotlar, mevalar, rezavorlar bilan ta’minlanishi 75-85 foizni tashkil etmoqda. Xavfsizlik choralari bo‘yicha: Viloyatdagi 210 ta davlat MTTlarining 204 tasi keng polosali (optik tolali) aloqa liniyalari bilan ta’minlangan. Shuningdek, 210 ta davlat MTTlarining 199 tasiga kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, qolganlariga ham bosqichma-bosqich o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu kameralar bilan ta’minlangan jami 199 ta davlat MTTlarida jami 2670 ta kameralar mavjud bo‘lib, ularning 620 tasi binolarning tashqari qismiga, 1671 tasi mashg‘ulot va yotoqxonalarga, 65 tasi musiqa va sport zallariga, 196 tasi oshxonalarga va 76 tasi esa omborxonalarga o‘rnatilgan. Mahalliy hokimliklar tomonidan xarajatlar qo‘shimcha ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha: Hisobot davrida viloyatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (ta’mirlash va jihozlash) uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari, shahar va tuman hokimliklari tomonidan mahalliy budjetdan qo‘shimcha 7,5 mlrd so‘m (shundan 6.8 mlrd so‘mi viloyat budjetidan) mablag‘ ajratilgan. Pullik xizmat: 2019 yil 18 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”dan 3123-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarida qo‘shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq hisobot davrida viloyatda jami 173 ta davlat MTTlarida qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha sport-sog‘lomlashtirish, badiiy estetik va fanlar bo‘yicha293 ta to‘garaklar tashkil etilib, ularga 4366 nafar bolalar qamrab olingan va shuning evaziga pullik xizmat bo‘yicha ota-onalardan 600,5 mln so‘m mablag‘ tegishli hisob raqamlariga tushirilgan. Homiylik yordamlari: Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Navoiy viloyati Zarafshon shahrining “Quruvchi” MFY Tinchlik ko‘chasida umumiy maydoni 1 gektar bo‘lgan hududda asosan viloyatning Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida yashovchi jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun quvvati 72 o‘rinli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurildi. Mazkur MTTning umumiy loyiha qiymati 29,0 mlrd so‘m, shundan qurilishga 19,0 mlrd so‘m va jixozlashga 10,0 mlrdso‘m) bo‘lib, hozirda ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlarib, jihozlash ishlari ham to‘liq tugallanmoqda. Shu bilan birgalikda, NKMK mazkur ob’ektni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufiga beg‘araz (nol qiymatda) topshirish bo‘yicha hozirda hujjatlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2021 yil Investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini bajarilishi bo‘yicha: 2021 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq, jami quvvati 1260 o‘rinli 10 ta (210 o‘rinli 2 ta yangi qurish va 1050 o‘rinli 7 ta rekonstruksiya) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha bloklar qurish) belgilangan bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun jami 25 mlrd 340 mlnso‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirda ushbu ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq tugatilib, jihozlash ishlari ham yakuniga yetkazilmoqda. 2022 yil boshidan barchasi faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, 2021-yil “Obod qishloq” dasturi asosida 2.6mlrd so‘mlik 140 o‘rinli 3 ta davlat MTTlari rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga mazkurdasturdoirasidaqo‘shimchamanbalarhisobidan Qiziltepada tumanida 1 ta yana yangi 120 o‘rinlidavlatMTTniqurishishlariga 2,7mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, hozirda qurilish ishlari 70foizgabajarilgan. Bundan tashqari, viloyatdagi davlat MTTlari uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari viloyat hokimligining 2021-yil 26-yanvardagiF-3-sonli, 26-apreldagiF-23-sonli,05-apreldagiF-17-sonli, 08-noyabrdagi 102-5-0-F/21-sonlifarmoyishlariga hamda 2021-yil 15-dekabrdagi Xalq Deputatlari Navoiy viloyati Kengashining VI-27-61-5-0-K/21-sonliqarorigaasosanqo‘shimcharavishda11,2mlrd.so‘mmahalliybudjetdanmablag‘larajratilishihisobigaularningmoddiy-texnikabazasiyaxshilanishigaerishildi. Viloyatbo‘yichajami 198 tadavlatMTTlarigabirlamchisportjihozlariniolishuchun396,0mln. so‘mmablag‘ajratilib, hozirgikunda9turdagijihozlaretkazib berilib, MTTlargatarqatilishitashkiletildi. Shu bilan birga, 2021 yil davomida vazirlik tomonidan markazlashgan holda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun 4,6mlrd. so‘mlik jihozlar va didaktik materiallar berildi. Bundan tashqari, Nurota tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi uchun ajratilgan ma’muriy binoni ta’mirlash uchun vazirlik jamg‘armasidan 2,6mlrd. so‘mmablag‘ ajratildi va hozirda elektron tendir savdolari yakunlanib, byurtmachi va g‘olib qurilish tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda. Viloyatda “Aqlvoy” loyihasidoirasidaham maktabgachata’limtashkilotlarimavjudbo‘lmaganhamdaqamrovko‘rsatkichlaripastbo‘lganKonimex, Navbahor, Xatirchitumanlarida 6 ta mobil maydonchalar tashkil etilib va jihozlanib, vazirlik tomonidan taqdim etilgan qaytajihozlangan 3 ta maxsus Isuzuavtobuslarinegizida 14ta mobil guruhlarnishakllantirilib, shu hududlardagi jami 192 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar qamrabolinishi tashkil etildi. Nodavlat MTTlari bo‘yicha: Hozirda viloyatda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat MTTlarni tashkil etish bo‘yicha yirik loyihalar bo‘yicha jami 87 ta bitim imzolangan bo‘lib,hozirda ularning 77tasiga “Turonbank” ATB Navoiy filiali orqali 150,3 mlrdso‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning 77tasi foydalanishga topshirilgan. Qolgan 10tasida ham qurilish-ta’mirlash va jihozlar ishlari 95-98 foizga bajarilgan bo‘lib, ularni ham bosqisma bosqich to‘liq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan va doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 2021 yil davomida jami 9975 o‘rinli 399 ta yangioilaviy nodavlat MTTlari ham tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu oilaviy nodavlat MTTlarni zarur jihoz va uskunalar bilan ta’minlash uchun viloyat mahalliy budjetidan3.0 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Fuqarolar murojaatlari bo`yicha Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga 2021-yil davomida davomida jami 1633 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 681 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Bosh Vazirvirtual qabul xonalari orqali kelib tushgan. Murojaatlarda asosan quyidagi masalalar ko’tarilgan:
- Ta’lim muassasalariga farzandini joylashtirish to‘g‘risida; - Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish to‘g‘risida bunda asosan davlat-xususiy sheriklik asosida va xususiy mulk negizida maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish;
- Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va masu’l xodimlari faoliyatidagi kamchiliklar;
Yuklab olish ichun https://drive.google.com/file/d/1R8bHyF3ds_ic8jJUmIziGbNme4GKZyuu/view?usp=sharing