Korrupsiyaga qarshi kurashish sahifasi.
kengashga-hisobot-shaklida.pdf [1,32 Mb] (кўчиришлар сони: 1)
korrupsiyaga-qarshi-kurashish-togrisida-mtv-120-sonli-buyruq.pdf [1,07 Mb] (кўчиришлар сони: 0)
oquv-seminarlari-bayoni.pdf [1,61 Mb] (кўчиришлар сони: 0)

"Huquqiy savodxonlik oyligi" doirasidagi navbatdagi seminar G'ozg'on shahar MTB xodimlari va MTT direktorlari ishtirokida tashkil etildi.  Seminarda Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining Yuridik bo‘lim boshlig‘i X.Axmedov va boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha  bosh mutaxassisi Z.Choriyevlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, huquqiy madaniyat kishilarning huquqiy savodxonlik darajasi, qonunlarga bo‘lgan hurmati, huquqiy normalarni ijro etishi, hayotga tatbiq eta olish ko‘nikmasi, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, qonunlarga itoatkorlik, huquqiy faollik hamda tashabbuskorligini anglatadi. Shu bois, xodimlarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy madaniyati soha rivojini ta’minlaydi.

Seminarfa maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari bilan oʻtkazilgan yuzma-yuz uchrashuvda tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek shartnomaviy munosabatlarga oid qonunchilik hujjatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari haqida aniq va batafsil maʼlumotlar berildi.

Samimiy ruhda oʻtkazilgan davra suhbatida shaharda faoliyat olib borayotgan xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga boshqarma mutaxassislaridan javob oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri 10-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2022-yil 16-maydagi VMQ-259-son Qarorini ijrosini ta’minlash haqida"gi 136-sonli hamda Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022-yil 17-iyuldagi 144-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma va tasarrufidagi maktabgacha ta’lim bo‘limlari va idoraviy mansub tashkilotlarda "Huquqiy savodxonlik oyligi"ni o‘ tkazish belgilangan.

Shunga muvofiq, Navbahor tuman MTB xodimlari va MTT direktorlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining Yuridik bo‘lim boshlig‘i X.Axmedov ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, huquqiy madaniyat kishilarning huquqiy savodxonlik darajasi, qonunlarga bo‘lgan hurmati, huquqiy normalarni ijro etishi, hayotga tatbiq eta olish ko‘nikmasi, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, qonunlarga itoatkorlik, huquqiy faollik hamda tashabbuskorligini anglatadi. Shu bois, xodimlarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy madaniyati soha rivojini ta’minlaydi.

Shuningdek, seminarda maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarini kuchaytirish bo'yicha ham tushunchalar berildi.

O‘z navbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, firk-mulohazalar bo‘yicha mas’ul xodimlardan tegishli javoblar olishdi.
"Huquqiy savodxonlik oyligi" doirasidagi navbatdagi seminar Nurota tuman MTB xodimlari va MTT direktorlari ishtirokida tashkil etildi.  Seminarda Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining Yuridik bo‘lim boshlig‘i X.Axmedov va boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha  bosh mutaxassisi Z.Choriyevlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son Qarori tashkilot va korxonalar hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlab, ichki hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Seminarda Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar belgilab olindi.


Ochiq muloqot ruhida oʻtgan davra suhbatida tumanda faoliyat olib borayotgan xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga boshqarma mutaxassislaridan javob oldilar.фильмы бесплатно





YOPISH