
Viloyat seminari o'tkazildi.
Joriy yilning 18-19 may kunlari Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining “Pandemiya sharoitida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Yozgi sog’lomlashtirish ” mavsumini tashkil etish ” yuzasidan Karmana va Nurota tumanlarida tashkil etilgan viloyat seminarida ilg’or pedagoglarning zamonaviy texnologiyalar asosida yoz mavsumini tashkil etish bo’yicha tavsiyalari o’rganildi. Pedagoglar tomonidan o’zaro fikr almashinilib, yozgi sog'lomlashtirish jarayonlarini yanada mazmunli va bolajonlar uchun qiziqarli tashkil etish bo’yicha mulohazalar bildirildi. Shu mazmundagi seminar-treringlar may oyining so'nggiga qadar viloyatning barcha tuman va shaharlarida reja asosida o'tkazilishi belgilangan.