Nurota tumanida nodavlat MTT yana bittaga ko`paydi

Nurota tumanida nodavlat MTT yana bittaga ko`paydi

Nurota tumanida nodavlat MTTlari soni kun sayin ortib bormoqda.  Joriy yilning 31 avgust  kuni tumandagi "Yangi hayot"  MFYda  faol tadbirkorlaridan biri Ma`ruf To`ychiyev tomonidan tashkil etilgan davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti   ham shulardan biri bo`ldi deyish mumkin. Ushbu maskan shu hududda yashovchi  bolajonlar,  ularning ota-onalari uchun  bayramga katta tuhfa bo'ldi. Mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  100 nafar bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Alohida dam olish va ovqatlanish, o`quv mashg'ulot  xonalari bolajonlar ixtiyorida. Shu kuni nodavlat MTTning ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi. Tadbir bolajonlarning sho‘x-shodon qo‘shiq va raqslari bilan boshlanib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarning tabrik so‘zlariga ulanib ketdi. Ochilish marosimida tuman  hokimi U.Xalilov, tuman hokimi o`rinbosari Sh.Vafoyev , maktabgacha ta'lim bo`limi vakillari, sektor rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etishdi hamda  tashkilotda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.                                             

Bizni kuzatib boring:👇👇                                                                                                                                                                                               http://navoimtb.uz/
https://t.me/navoiyvmtb
http://fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
https://www.youtube.com/channel/UCH2WW_c8WQ12mduTWvjxddQ)скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH