#sayyor_qabul
✅Xabaringiz bor, Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillayev tomonidan viloyat hokimligi tоmоnidan tasdiqlangan rejaga asosan joriy yilning 21-yanvar kuni soat 10:00 da Xatirchi tumani “Galabek” MFY binosida tuman aholisi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
📖Boshqarma boshlig’i ayni paytda kasallik varaqasida ekanligini inobatga olib, ushbu sayyor qabul joriy yilning 28-yanvar kuni o`tkazilishi belgilandi.
Yuzaga kelgan noqulaylik va o‘zgarishlar uchun boshqarma boshlig‘i Xatirchi tumani aholisidan uzr so‘raydi.
❗️Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun haftaning dushanba-juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining (79) 220-12-81 vа Xatirchi tuman MTBning (79)545-51-60 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.
http://navoimtb.uz/
https://t.me/navoiyvmtb
http://fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
https://www.youtube.com/channel/UCH2WW_c8WQ12mduTWvjxddQ
https://www.instagram.com/navoiyvmtb_rasmiy/
