MUHIM MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

MUHIM MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

MUHIM MASALALAR MUHOKAMA ETILDI                                                                                            

12-may kuni viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasida boshqarma boshlig‘i O‘.Tillayev rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  
📢Videokonferensaloqa (ZOOM) shaklida  o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqarma bo‘lim boshliqlari, barcha tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari, MTT direktorlari va Navoiy pedagogika kolleji rahbariyati ishtirok etdi.

⁉️Kun tartibida bir qator muhim masalalar muhokama etildi.

📖Xususan, Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim tizimida 2022-yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, Navoiy viloyati prokuraturasining viloyat Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish bo‘yicha taqdimnomasi muhokamasi, Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan Navbahor va Konimex tumanlarida va Navoiy pedagogika kollejida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida berilgan tegishli topshiriqlar to‘g‘risida ijrosi va boshqa masalalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilish tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilib, uning yakunlari bo‘yicha mehnat faoliyati davomida bir qator xato va kamchiliklarga hamda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim mudirlari va mas’ullariga, shuningdek, bir qator davlat MTT direktorlariga tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi belgilandi.

🗞Yig‘ilish so‘ngida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH