“Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi g'oliblari taqdirlandi

“Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi g'oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2022-yil 25-mart kunidagi 67-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash, rasm chizishga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish, tabiat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik va hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash maqsadida Navoiy viloyatida joriy yilning 7-aprel kuni “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Tanlov natijalariga ko‘ra 1-orinni Navoiy shahridagi 9-son DMTT tarbiyalanuvchisi Toshpolatova Charos, 2-o`rinni Navbahor tumani 2-DMTT tarbiyalanuvchisi Yaxyayeva Samira, 3-o'rinni Konimex tumani 2-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Romanova  Ayarular egallab, gʻolib deb topildi va ular chizgan rasmlar Respublika bosqichiga taqdim etildi.

Joriy yilning 29-30-aprel kunlari Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan 34-sonli DMTTda “Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovining ochilish marosimi va gʻoliblarni taqdirlash tantanalari bo’lib o‘tdi.  Tadbirga g’oliblikni qo’lga kiritgan navoiylik bolalar ham turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar.

Maskur tanlovda viloyatdan qatnashgan 3 nafar ishtirokchi bolalarga joriy yilning 12 may kuni Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillayev  vazirlik tomonidan taqdim etilgan “faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalari hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, tarbiyachilariga boshqarmaning “Tashakkurnoma”si va sovg’alarini  tantanali ravishda topshirdi.скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH