RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Bizga kelgan ma’lumotga ko‘ra ushbu holat Uchquduq tumani 14-sonli bolalar bog‘chasidagi holat” sarlavhasi ostida foto va videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ushbu qayd etilgan ma’lumotlar viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Uchquduq tuman MTB hamda boshqa rahbar va mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 23-aprel kuni (shanba kuni) MTTning “Mevajon” kichik guruhida suv quvurining yorilishi natijasida yuzaga kelgan va ushbu holat tegishli tartibda bartaraf etilgan. Hozirda shu guruhni ta’mirlash va zarur jihoz va uskunalarni olish uchun 6,0 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur MTT 1981 yilda qurilgan bo‘lib, quvvati 360 o‘rinni tashkil etadi. MTT Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 5-sonli Farmoyishiga asosan NKMK tasarrufidan Uchquduq tumani MTB balansiga o‘tkazilgan. Haqiqatdan ham mazkur MTTning bino va inshootlari ta’mirtalab bo‘lib, qurilgandan buyon biror marta ham mukammal ta’mirlanmagan. Shuningdek, mazkur MTTni to‘liq rekonstruksiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-sonli va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida”gi PQ-172-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 217-sonli qarorlariga kiritilgan bo‘lib, hozirda loyiha smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

✍️Navoiy viloyati MTB matbuot xizmatiскачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH