PEDAGOG XODIMLARGA USLUBIY YORDAM BERILDI

PEDAGOG XODIMLARGA USLUBIY YORDAM BERILDI

 Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Navoiy shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi va hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari kompleks o‘rganildi.

 Xususan, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, ta’lim-tarbiya jarayonlari, tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish, hamshiralar faoliyati, MTTlarning moddiy-texnika bazasining ahvoli tahlil qilindi.

 Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash va lotin alifbosiga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yozgi mavsumda olib borilgan ta’lim-tarbiya jarayonlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi tanqidiy o‘rganilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan pedagog xodimlarga uslubiy yordam berildi.


Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim tashkiloti matbuot xizmati.

скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH