TARBIYACHILATNING MASHG‘ULOTLARI TAHLIL ETILDI

TARBIYACHILATNING MASHG‘ULOTLARI TAHLIL ETILDI

 Karmana tumanidagi 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda tuman-shahar bosqichida 5 ta nominatsiya g‘olib bo‘lgan tarbiyachilar ishtirok etdi.

 Dastlab qatnashuvchilarning hujjatlari, metodik, ma’naviy-ma’rifiy materiallari va mashg‘ulot ishlanmalari tahlil etildi.

 “Bolalar bilan o‘tkaziladigan pedagogik” tadbirida ishtirokchilarning amaliy tajribasi, tarbiyalanuvchilar bilan muloqot qilish usullari, innovatsion ta’lim texnologiyalari va interfaol metodlarni qo‘llashiga alohida e’tibor qaratildi.

 “Kasbiy muloqot” tok-shousida har bir ishtirokchiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar bo‘yicha savollar berildi.


Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.

скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH