Toshkentdagi xalqaro konferensiya ishi davom etmoqda

Toshkentdagi xalqaro konferensiya ishi davom etmoqda

  Konferensiyaning ikkinchi kunida parallel sessiyalarda mahalliy va xorijiy ekspertlar turli mavzularni muhokama qilishdi.
  Xususan, ular Movritaniya, Madagaskar, Janubiy Koreya, Germaniya, Yuminiya, Shrilanka, Tojikiston davlatlarining vakillari yurtlaridagi maktabgacha ta'lim tizimidagi yutuqlar bilan birga qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.
  Ular pedagoglarning oylik maoshlarini oshirish, inklyuziv ta'limni rivojlantirish, ba'zi davlatlarda sodir bo‘layotgan notinchliklarga barham berish vaqti kelganini ta'kidlashdi. Bu nafaqat ertamiz egalarining ta'lim-tarbiya olishlari balki davlatlar rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
  Ta'kidlanganidek, erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasida sohada ishlaydigan ishchi kuchining yetishmasligi tufayli ta'lim-tarbiya olish xizmatlaridan vaqtida foydalana olmayotganligi kelajakda ta'sirini ko‘rsatadi.
  Shuningdek, ishtirokchilar mamlakatimizdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.
  Tadbir so‘nggida notiqlar energiya tejamkor bolalar bog‘chalari, inklyuziv ta'limda o‘yin markazlari, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish hamda pedagoglar malakasini oshirish, fikr almashish va muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta'kidlashdi.
  
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati.
скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH