JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT

🔰Joriy yilning 23-noyabr kuni Navoiy pedagogiga kollejida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

🔰Yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, har xil tahdidlardan asrash hamda ekstremizm g‘oyalariga berilishning oldini olish maqsadida tashkil etilgan ushbu davra suhbatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xatirchi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi M. Otaqulov, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi tezkor xodimlari Sh. Toshniyozov, U. Hoshimov hamda “Saroy” jome masjidi imomi O. Pardaevlar so‘zga chiqdi.

🔰Ular sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik va uni o‘rnini vayronkor va yot g‘oyalar egallashini oldini olish uchun muntazam o‘z ustida ishlash, o‘qib o‘rganish lozimligini yoshlarga tushuntirishdi.

🔰Tadbir so‘nggida “Mehr” nomli videorolik namoyish etildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati.
скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH