RASMIY MA'LUMOT

RASMIY MA'LUMOT

✅Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi, quyidagilarni ma'lum qiladi.

🔰O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya markazining ob-havo ma'lumotlariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli yig‘ilish bayonlariga muvofiq, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (nodavlat MTTlarga tavsiya etilgan) e'lon qilingan navbatdan tashqari ta'til 20-yanvarga qadar uzaytirildi va 23-yanvardan boshlab faoliyatini qayta davom ettirishi belgilangan.

🔖Ma'lumot uchun, Zarafshon shahar hokimligining tegishli yig‘ilish bayoni qaroriga muvofiq, joriy yilning 16-yanvaridan boshlab shahardagi barcha davlat MTTlari faoliyatini qayta davom ettirmoqda.

🔖Uchquduq tuman hokimligining tegishli yig‘ilish bayoni qaroriga muvofiq, joriy yilning 19-yanvaridan boshlab tumandagi barcha davlat MTTlari faoliyatini qayta davom ettirishi belgilangan.

❗️Ushbu holatlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etib boriladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati.
скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH