Unda tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlarining mas’ul xodimlari qatnashib, tajriba almashdi.
Seminarda dastlab viloyat IIB JXX YHXB ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish guruhi katta inspektori leytenant F.Qosimov, Navoiy shahar IIB JXX YHXB xodimi katta serjant S. Fayzullayev va viloyat MTB uslubchisi D.Tillavovalar “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi maqsad va vazifalari”, “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maydonchalaridan foydalanish usullari” mavzulari bo‘yicha mahorat darslari o‘tib berishdi.
Shuningdek, ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Xavfsiz va ravon yo‘l” mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida yo‘l belgilari, piyodaning majburiyati kabi mavzular bo‘yicha bolajonlarga ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, turli o‘yinlar orqali ularning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Seminar bahs-munozaralarga boy, qiziqarli o‘tdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.