Unda tuman va shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mas’ul xodimlari qatnashib, tajriba almashdi.
Seminarda dastlab viloyat IIB JXX YHXB ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish guruhi katta inspektori, leytenant F.Qosimov, boshqarma uslubchisi D.Tilavovalar “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturining maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritishdi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Ehtiyotkor piyoda” mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bolajonlarga ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, turli o‘yinlar orqali ularning bilimlari mustahkamlandi.
Viloyatning turli hududlaridan yo‘l harakati xavfsizligi belgilarini o‘rgatuvchi maydonchalar bilan ta’minlangan tashkilotlardan tashrif buyurgan pedagoglar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.