RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

  Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiydagi xususiy bog‘chalarning biridagi holat ekani aytilmoqda” sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

  Ushbu videolavhadagi holat 2023-yilning 31-mart kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Navoiy shahar MTB rahbar va mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, ushbu holat Navoiy shahridagi “Zarafshon kids” nodavlat MTTda sodir etilgan bo‘lib, tarbiyachi G.Iskandarova tarbiyalanuvchilarni “tishlagan” bolani tartibga keltirish maqsadida shu “usuldan” foydalangani ma’lum bo‘ldi.

  O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari bolalarga professional darajada ta’lim va tarbiya berishi; pedagogik etikaga rioya etishi; bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi; bolalarni zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan himoya qilishi; ularni vatanparvarlik, mehnatga, qonuniy vakillariga hurmat bilan va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi; maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini bajarishi; o‘z malakasini oshirishi o‘z kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirishi shartligi belgilangan.

  Ushbu pedagog tomonidan tarbiyalanuvchiga bo‘lgan munosabat kasb etikaga ziddir.

  Yuqoridagilarni inobatga olib, ota-onalar bilan tarbiyachi faoliyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati tomonidan tarbiyachi G.Iskandarovaga qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi ko‘rilgan.

  Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim muassasalarida sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH