ENG YAXSHI USLUBCHILAR ANIQLANDI

ENG YAXSHI USLUBCHILAR ANIQLANDI

    Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining uslubchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi uslubchi” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlari joriy yilning fevral oyi davomida bo‘lib o‘tdi.

   Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yuqori malakali uslubchilarni aniqlash va rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan ushbu musobaqaning viloyat bosqichida 10 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi.

  Hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilarning ommalashgan metodik ishlari, erishgan yutuqlari, hisoboti, maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan metodik xonaning jihozlanishini tahlil qilishdi. Shuningdek, ularning siyosiy-ma’rifiy hamda maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonidagi bilim va ko’nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

  Yakuniy natijalarga ko‘ra, Navoiy shahridagi 30-davlat MTT uslubchisi Yormamatova Shahnoza 1-o‘rin, Konimex tumanidagi 4-davlat MTT uslubchisi Shuxayeva Jazira 2-o‘rin, Uchquduq tumanidagi 2-davlat MTT uslubchisi Jontemirova Umida 3-o‘rinni egalladi.

  Tanlovda faol qatnashgan uslubchilar turli nominatsiyalar bilan e’tirof etilib, boshqarmaning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH