AMIR TEMUR - FAXRIMIZ, G'URURIMIZ

AMIR TEMUR - FAXRIMIZ, G'URURIMIZ

  Karmana tumanidagi 17-davlat MTTda Sohibqiron Amir Temurning 687 yilligi munosabati bilan “'Temur avlodlari” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Temur tuzuklari” asari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Bolajonlar buyuk sarkardaning hikmatli so‘zlaridan namunalar aytishdi. Tarbiyachi Davronova Manzura tomonidan Amir Temur haqida ma’lumot berildi.

  Uchquduq tumanidagi 1-davlat MTTda 9-aprel – Amur Temur tavvaludining 687 yilligi munosabati bilan “Buyuklar avlodi” mavzusida ko'rik-tanlov tashkil etildi. Musobaqada tayyorlov guruhlarining iqtidorli tarbiyalanuvchilari turli shartlar asosida o‘zaro bellashdi. “Quyoshjon” guruhi tarbiyachisi Berdiqulov Davlatbek barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi. Barcha ishtirokchilar tashkilotning faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH