METODIK TAVSIYALAR BERILDI

METODIK TAVSIYALAR BERILDI

  Joriy yilning 7-aprel kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida amaliy-o‘quv seminari tashkil etildi.

❇️Boshqarmaning ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ushbu o‘quvda Navoiy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mas’ullari, xo‘jalik mudiri, hamshiralar ishtirok etdi.

❇️Dastlab seminarda uslubiy birlashmalar faoliyatini kuchaytirish, tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, rahbar va pedagog xodimlar mas’uliyatini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash borasida so‘z bordi.

❇️O‘quvda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat qonunchiligiga rioya qilish, yillik ish rejalarining bajarilishi, pedagogik va kuzatuv kengashlari faoliyati,  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni sifatli tashkil etish, “Vatanparvarlik burchaklarni” jihozlanishi yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.

❇️Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uslubchi va tarbiyachilari uchun ta’lim sifatini oshirish, berilgan didaktik materiallardan mashg‘ulotlarda unumli foydalanish bo‘yicha tushuntirildi.

❇️Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarga o‘zgartirish kiritilganligi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Hamshiralar bilan bolalar salomatligini ta'minlash, ish hujjatlarining yuritilishi, taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH