Seminarda tuman va shaharlarida tashkil etilgan majburiy bir yillik ta’lim guruhlari tarbiyachilari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.
Tashkilotning majburiy ta’lim guruhi tarbiyachisi M.Jumayeva tomonidan “X” tovushi va harfi bilan tanishamiz” mavzusida mashg‘ulot o‘tildi. Jarayonda bolajonlar bo‘g‘inlar yordamida so‘z va gaplar tuzishdi, she’rlar aytishdi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilar ishtirokida “Koinot sirlari, yulduzlarga parvoz,” mavzusida badiiy kecha namoyish etildi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar sayyoralar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.