Unda qayd etilgan ma’lumotlar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va boshqa mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Haqiqatdan ham ushbu holat Nurota tumanidagi 12-sonli davlat MTTning (ushbu bog‘cha tuman markazidan 125 km uzoqlikda joylashgan) ikkinchi binosidagi qisqa (3-4 soatlik kunduzgi uyqu tashkil etilmaydigan) guruhga tegishli.
17-aprel kuni ertalab havo harorati tog‘li va cho‘l hududlarida kunlik me’yordan pasayganligi va shunga muvofiq guruh xonalari ham qish mavsumi tugaganligi va issiqlik tizimi yoqilmaganligi sababli, nisbatan salqin bo‘lganligi uchun bolalarning ayrimlari ertalab bosh va qalinroq kiyimlarda o‘tirgan.
Mazkur holat bo‘yicha barcha MTTlarning, jumladan, shu MTTning ham rahbar va mas’ullariga guruh xonalari salqin bo‘lgan vaqtlarda harorat belgilangan me’yorlarda bo‘lishini ta’minlash uchun mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda zamonaviy va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan standart isitish qurilmalaridan bolalarni ehtiyot qilgan holda foydalanish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.