RASMIY MUNOSABAT

  Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, joriy yilning 1-may kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Ushbu holat Navoiydagi xususiy bog‘chalardan biridagi holat ekanligi aytilmoqda” sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

  Mazkur holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

  Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat Navoiy shahridagi "Quyoshli bolalik" nodavlat (xususiy) MTTga tegishli bo‘lib, tarbiyalanuvchilarga nisbatan qilingan bunday qo‘pol hatti-harakatlar 2023-yilning 25-aprel kuni shu bog‘chaning tarbiyachisi (shaxsi ochiqlanmagan) tomonidan sodir etilgan va ushbu holat ma’lum bo‘lgan kuni ish beruvchining 25.04.2023 yildagi 05/25-ls-sonli buyrug‘iga ko‘ra mazkur xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan.

  Shuningdek, ushbu tarbiyachining videolavhadagi hatti-harakatlarini vakolati doirasida ko‘rib chiqishlik va qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Navoiy shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-maydagi 01-01/8-124-sonli va 01-01/8-125-sonli xatlar Navoiy shahar Ichki ishlar bo‘limiga va Navoiy shahar prokuraturasiga yuborildi.

  Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim tashkilotlarida sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
скачать dle 12.1


© I
ORTGA QAYTISH